Boltsman doimiysi

Termodinamikada Boltsman doimiysi (Boltzmann constant) — gaz zarrachalarining o‘rtacha kinetik energiyasi bilan gaz harorati orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi fizik doimiy bo‘lib, k yoki kB bilan belgilanadi. Boltsman doimiysining qiymati J/K yoki m2Kgs-2K-1 birliklarida o‘lchanadi. Boltsman doimiysi aniq (qat’iy) ta’rif berilgan yetti ta “belgilovchi doimiy” (defining constants)dan biridir. U, asosan, Boltsmanning entropiya formulasi hamda Plankning qora jism nurlanishi (Black body radiation) haqidagi qonunida uchraydi.

k qiymati

Boltsman doimiysi gaz doimiysi R ni Avogadro soni NA ga bo‘lish orqali olinadi. k yoki kB ning qiymati:

Boltsman doimiysi k yoki kB = 1.3806452 × 10-23 J/K.

Boltsman doimiysining eV dagi qiymati

Boltsman doimiysining eV dagi qiymati 8.6173303 × 10-5 eV/K ga teng.

Boltsman doimiysining qiymati turli birliklarda ifodalanishi mumkin. Quyidagi jadvalda k ning turli birliklardagi qiymatlari keltirilgan.

k qiymatiBirliklar
1.3806452 × 10-23m2.Kg.s-2.K-1
8.6173303 × 10-5eV.K-1
1.38064852 × 10-16erg.K-1

Boltsman doimiysi

Boltsman doimiysi Maks Plank (Max Planck) tomonidan kiritilgan va Lyudvig Boltsman (Ludwig Boltzmann) sharafiga shunday nomlangan. U gaz doimiysi va Avogadro soni kabi ikki doimiyning nisbatini olish orqali hosil qilinadigan fizik doimiydir.

Boltsman doimiysi formulasi

Plank va Boltsman doimiylar kiritish orqali gazlarning xatti-harakatini tushunishni yana bir qadamga yaqinlashtirdi. Boltsman doimiysi matematik jihatdan quyidagicha ifodalanadi:

Bu yerda:

  • K — Boltsman doimiysi.
  • NA — Avogadro soni.
  • R — gaz doimiysi.

Umid qilamizki, siz Boltsman doimiysining qiymati (k, kb)ni turli birliklarda, shuningdek Fizikadagi Boltsman doimiysi ta’rifi va formulasini bilib oldingiz.