Apple Card — bu kredit karta. Uni Apple kompaniyasi chiqargan. Kartadan asosan quyidagi xizmat orqali foydalaniladi: Apple Pay.
| Apple Card | |
|---|---|
| | |
| Hudud |
|
| Tashkil etilgan | 20-avgust 2019 |
| Veb-sayt | apple.com/apple-card |
Karta 2019-yil 25-mart kuni Apple kompaniyasining maxsus tadbirida e’lon qilingan. To‘lov kartasi 2019-yil yozida foydalanishga taqdim etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, karta faqat AQSh hududida amal qilishi bildirilgan.
Afzalliklari
Apple xizmatlaridagi har bir xarid uchun 3 % keshbek («Daily Cash») beriladi. Apple Pay orqali amalga oshirilgan har bir xarid uchun 2 %, jismoniy kartadan foydalanilganda esa 1 % keshbek qaytariladi.
Maxfiylik
Apple Card uchun iPhone qurilmasida noyob karta raqami yaratiladi. Bu raqam Apple Pay foydalanadigan maxsus xavfsizlik chipida saqlanadi. Har bir xarid xavfsiz, chunki u Face ID yoki Touch ID hamda bir martalik noyob dinamik xavfsizlik kodi yordamida tasdiqlanadi. Apple Card uchun yaratilgan noyob xavfsizlik va maxfiylik arxitekturasi Apple kompaniyasi xaridorlar qayerda xarid qilgani, nima sotib olgani yoki qancha pul to‘laganini bilmasligini anglatadi. Shuningdek, xaridlar va hisobdagi qoldiq haqidagi ma’lumotlar uchinchi shaxslarga uzatilmasligi bildirilgan.
Hamkorlik
Apple Goldman Sachs va Mastercard bilan hamkorlik qilib, emitent bank va global to‘lov tarmog‘i tomonidan qo‘llab-quvvatlanishni ta’minlaydi.
Jismoniy karta
Apple, shuningdek, titandan tayyorlangan Apple Card kartasini Apple Pay orqali to‘lov hali qabul qilinmaydigan joylarda xarid qilish uchun ishlab chiqqan. Kartada uning raqami, xavfsizlik kodi, amal qilish muddati va egasining imzosi ko‘rsatilmagan.