| Antineytron () | |
|---|---|
| | |
| Oilasi | fermion |
| Guruh | antinuklon (antinucleon), antizarra (antiparticle), adron (hadron), barion (baryon), N-barion (N-baryon), nuklon (nucleon) |
| Ishtirok etadigan o‘zaro ta’sirlar | kuchli yadroviy o‘zaro ta’sir, kuchsiz yadroviy o‘zaro ta’sir, elektromagnit o‘zaro ta’sir va gravitatsion o‘zaro ta’sir |
| Zarracha | |
| Massa | 939,565346(23) MeV, 1,674927211(84)⋅10−27 kg, 1,00866491597(43) a.m.b. |
| Yashash vaqti | 885,7(8) s |
| Kashf etilgan | 1956-yilda proton–antiproton to‘qnashuvlari vaqtida Bevatron tezlatkichida LBNL laboratoriyasida Bryus Kork tomonidan[inglizcha] |
| Kvant sonlari | |
| Elektr zaryadi | 0 |
| Barion soni | -1 |
| Spin | 1/2 ħ |
| Izotopik spin (isospin) | 1/2 |
| G‘alatilik (strangeness) | 0 |
| Maftunkorlik (charm) | 0 |
| Boshqa xususiyatlar | |
| Kvark (quark) tarkibi | |
| Parchalanish sxemasi | |
Antineytron — antizarra bo‘lib, neytronga qarama-qarshi zarra hisoblanadi. Neytron kabi antineytronning ham nolga teng elektr zaryadi. Uning massasi neytron massasiga teng, magnit momentlari ham kattalik jihatidan teng, ammo ishoralari qarama-qarshi.
Antineytron 1956-yilda proton–antiproton to‘qnashuvlari vaqtida Bevatron tezlatkichida LBNL laboratoriyasida Bryus Kork tomonidan kashf etilgan[inglizcha]. Nishon yadrolari bilan to‘qnashganda, antiproton o‘zining manfiy zaryadini yadro protonlaridan biriga berishi (yoki undan musbat zaryad olishi) mumkin. Bunda neytron–antineytron jufti hosil bo‘ladi. Antineytron hosil bo‘lganining tasdig‘i — keyinchalik uning annigilyatsiyasi (annihilation) neytron bilan yoki boshqa yadroning protoni bilan sodir bo‘lishidir. Antineytronning o‘zi iz qoldirmaydi (masalan, fotografik emulsiyalarda), biroq annigilyatsiya vaqtida bir nechta zaryadlangan zarracha hosil bo‘ladi va ularning izlari bir nuqtadan chiqadi.