Antigistamin dorilar

Antigistamin preparatlar — gistamin retseptorlarining raqobatli blokadasini amalga oshiruvchi dori vositalari guruhi bo‘lib, bu esa organizmda gistamin vositasida yuzaga keladigan ta’sirlarning susayishiga olib keladi.

Gistamin — neyromediator, nafas yo‘llariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin (jumladan, burun shilliq qavatining shishi, bronxospazm), teriga (qichishish, bo‘rtma va qizarish reaksiyasi), oshqozon-ichak trakti (ichak sanchiqlari, oshqozon shirasi ajralishini kuchaytirish), yurak-qon tomir tizimiga (kapillyar qon tomirlarining kengayishi, qon tomirlari o‘tkazuvchanligining ortishi, qon bosimining pasayishi, yurak ritmining buzilishi), silliq mushaklarga.

Uning ta’sirini allergik reaksiyalar kuchaytiradi. Shu sababli antigistamin preparatlar allergiya va parallergiya (параллергия) belgilarining oldini olish va ularga qarshi kurashish, ya’ni organizm sezuvchanligini o‘ziga xos bo‘lmagan usulda pasaytirish (giposensibilizatsiya — гипосенсибилизация) uchun qo‘llanadi. Ularni qo‘llashning yana bir sohasi — shamollash bilan bog‘liq kasalliklarda simptomatik davolash, ya’ni simptomlarni bartaraf etish (jumladan, boshqa buyurilgan preparatlarga allergiya paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida).

Hozirgi vaqtda gistamin retseptorlarini bloklaydigan vositalar bloklanadigan retseptor turiga qarab uch guruhga bo‘linadi:

  • H1-blokatorlar — allergik kasalliklarni davolashda qo‘llanadi.
  • H2-blokatorlar — oshqozon kasalliklarini davolashda qo‘llanadi (oshqozon sekretsiyasini kamaytirishga yordam beradi).
  • H3-blokatorlar[ingl.] — nevrologik kasalliklarni davolashda qo‘llanadi.
  • H4-blokatorlar (ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bosqichida), masalan, tioperamid, JNJ 7777120 va VUF-6002 preparatlari.

Gistamin retseptorlarini bevosita bloklaydigan vositalardan tashqari, uning hosil bo‘lishini to‘xtatuvchi vositalar ham mavjud: