Yorug‘likning to‘lqin nazariyasi — yorug‘lik tabiatini tushuntiruvchi nazariyalardan biridir. Nazariyaning asosiy qoidasiga ko‘ra, yorug‘lik to‘lqin tabiatiga ega, ya’ni u elektromagnit to‘lqin sifatida tarqaladi. Biz ko‘radigan yorug‘likning rangi esa uning to‘lqin uzunligiga bog‘liq.
Nazariya ko‘plab tajribalar (jumladan, T. Yung tajribasi) bilan tasdiqlangan. Yorug‘likning elektromagnit to‘lqin sifatidagi xususiyatlari quyidagi fizik hodisalarda namoyon bo‘ladi: dispersiya, difraksiya va yorug‘lik interferensiyasi. Biroq yorug‘lik bilan bog‘liq boshqa ko‘plab fizik hodisalarni faqat to‘lqin nazariyasi yordamida tushuntirib bo‘lmaydi.
Nazariya ildizlari Gyuygens ishlariga borib taqaladi. Unga ko‘ra, yorug‘lik ko‘ndalang monoxromatik elektromagnit to‘lqinlar majmuasi, kuzatiladigan optik hodisalar esa ushbu to‘lqinlar interferensiyasi natijasidir. Bunda nurlanish energiyasi energiyaning boshqa turlariga aylanmasa, to‘lqinlar bir-biriga ta’sir qilmaydi, deb qaraladi. Ya’ni to‘lqin fazoning muayyan sohasida interferensiya hodisasini yuzaga keltirgandan so‘ng ham o‘z xususiyatlarini o‘zgartirmasdan tarqalishda davom etadi. Elektromagnit nurlanishning to‘lqin nazariyasi Maksvellning asarlarida Maksvell tenglamalari ko‘rinishida nazariy ifodasini topgan. Yorug‘likni to‘lqin deb qarash interferensiya va difraksiya bilan bog‘liq hodisalarni, shu jumladan, yorug‘lik maydonining tuzilishini (tasvirlarning shakllanishi va golografiyani).