XML-RPC (inglizcha eXtensible Markup Language Remote Procedure Call — XML orqali masofaviy protseduralarni chaqirish) — masofaviy protseduralarni chaqirish standarti/protokoli bo‘lib, u xabarlarini kodlash uchun XMLdan, uzatish mexanizmi sifatida esa HTTPdan foydalanadi. U SOAP protokolining dastlabki shakli hisoblanadi va foydalanishda nihoyatda sodda. XML-RPC, boshqa har qanday masofaviy protseduralarni chaqirish (Remote Procedure Call, RPC) interfeysi singari, dasturchi boshqa dastur imkoniyatlaridan foydalanishi uchun standart ma’lumot turlari va buyruqlar to‘plamini belgilaydi. Mazkur dastur boshqa kompyuterda joylashgan bo‘lib, unga tarmoq orqali murojaat qilinadi.
Tarixi
XML-RPC protokoli dastlab «UserLand Software» kompaniyasining Deyv Vineri tomonidan Microsoft bilan hamkorlikda 1998-yilda ishlab chiqilgan. Biroq Microsoft korporatsiyasi ko‘p o‘tmay bu protokolni haddan tashqari sodda deb hisoblab, uning imkoniyatlarini kengaytira boshladi. Bir necha bosqichda kengaytirilganidan so‘ng hozir SOAP nomi bilan ma’lum tizim paydo bo‘ldi. Keyinchalik Microsoft SOAP ni keng targ‘ib qilib, joriy eta boshladi, dastlabki XML-RPC esa chetga surildi. Shunga qaramay, XML-RPC standartining g‘oyat soddaligi ko‘plab dasturchilarni o‘ziga jalb qildi. Shu sababli protokol bugungi kungacha qo‘llanib kelmoqda va hatto asta-sekin ommalashmoqda.
Ma’lumot turlari
| Tur nomi | Teg namunasi | Tur tavsifi |
|---|---|---|
| array |
<array>
<data>
<value><i4>1404</i4></value>
<value><string>Что-нибудь здесь</string></value>
<value><i4>1</i4></value>
</data>
</array>
|
Kalitlarsiz qiymatlar massivi |
| base64 | <base64>eW91IGNhbid0IHJlYWQgdGhpcyE=</base64>
|
Kodlash usuli — Base64; ma’lumot turi — ikkilik ma’lumotlar |
| boolean | <boolean>1</boolean>
|
Mantiqiy (bul) qiymat (0 yoki 1) |
| date/time | <dateTime.iso8601>19980717T14:08:55</dateTime.iso8601>
|
Sana va vaqt |
| double | <double>-12.53</double>
|
Ikki karra aniqlikdagi kasrli son |
| integer | <i4>42</i4>
|
Butun son |
| string | <string>Здравствуй, Мир!</string>
|
Belgilar satri (butun XML-hujjat bilan bir xil kodlashda) |
| struct |
<struct>
<member>
<name>Что-то</name>
<value><i4>1</i4></value>
</member>
<member>
<name>Ещё что-то</name>
<value><i4>2</i4></value>
</member>
</struct>
|
Kalitlarga ega qiymatlar massivi |
| nil | <nil/>
|
Nol (bo‘sh) qiymat — XML-RPC uchun kengaytma hisoblanadi |
Misollar
XML-RPC so‘rovining odatiy namunasi:
<?xml version="1.0"?>
<methodCall>
<methodName>examples.getStateName</methodName>
<params>
<param>
<value><i4>41</i4></value>
</param>
</params>
</methodCall>
XML-RPC so‘roviga javobning odatiy namunasi:
<?xml version="1.0"?>
<methodResponse>
<params>
<param>
<value><string>South Dakota</string></value>
</param>
</params>
</methodResponse>
XML-RPC so‘roviga xatolik javobining odatiy namunasi:
<?xml version="1.0"?>
<methodResponse>
<fault>
<value>
<struct>
<member>
<name>faultCode</name>
<value><int>4</int></value>
</member>
<member>
<name>faultString</name>
<value><string>Too many parameters.</string></value>
</member>
</struct>
</value>
</fault>
</methodResponse>
Bunda mijozdan yuboriladigan ma’lumot turlarini bildiruvchi teglar umuman ko‘rsatilmasligi, ya’ni tushirib qoldirilishi mumkin.
Tanqid
2010-yildan boshlab XML-RPC ni tanqid qilgan mutaxassislarning fikricha, RPC chaqiruvlarini oddiy XML yordamida ham bajarish mumkin va XML-RPC oddiy XML ga nisbatan qo‘shimcha afzallik bermaydi. XML-RPC ham, XML ham dastur darajasidagi ma’lumotlar modelini talab qiladi: masalan, XML sxemasida belgilangan maydon nomlari yoki XML-RPC dagi parametr nomlarini. Bundan tashqari, bir xil obyektlarni kodlashda XML-RPC oddiy XML ga qaraganda taxminan 4 baravar ko‘p bayt ishlatadi; oddiy XML ning o‘zi ham JSON.
ga nisbatan ko‘proq hajm egallaydi. XML-RPC protokoli amalga oshirishning soddaligi va turli platformalarda ishlashiga qaramay, amaliy muhitlarda samarasizligi uchun tanqid qilingan. Jumladan, XML belgilash tilidan foydalanishning qo‘shimcha xarajatlari ikkilik protokollarga nisbatan bir necha baravar, ayrim hollarda esa bir tartib darajasigacha ortishi mumkin. Bunda markaziy protsessorga tushadigan yuk o‘nlab baravar oshishi mumkin.
Havolalar
- XML-RPC rasmiy sayti
- PHP uchun XML-RPC (PHPXMLRPC) — veb-xizmatlarni ishlab chiqishni tezlashtiruvchi kutubxona (XML-RPC protokolining yaratuvchisi tomonidan yozilgan)
- PHP va XML-RPC yordamida o‘z veb-xizmatimizni yaratamiz Arxivlangan nusxa — 15-sentabr 2008-yildagi nusxa, Wayback Machine — phpclub.ru saytidagi texnologiya haqidagi maqola
- .NET uchun XML-RPC dasturiy amalga oshirilishi
- XML-RPC forumi
- XML-RPC bo‘yicha qo‘llanmalar
- XML-RPC bo‘yicha texnik hisobotlar
- Jabber-RPC — XML-RPC ning XMPP protokoli orqali ishlash shakli
- Apache, XML-RPC va xavfsizlik
- XML-RPC spetsifikatsiyasi
- XML-RPC spetsifikatsiyasining ruscha tarjimasi