Toliqish

Mundarija
«Charchagan ayol»
(rassom Vasiliy Vereshchagin)

Toliqish, yoki charchoq — fiziologik va psixologik holat bo‘lib, zo‘riqib yoki uzoq vaqt ishlash natijasida yuzaga keladi. Inson toliqishni subyektiv ravishda charchoq sifatida his qilishi mumkin. Toliqish ish qobiliyatining vaqtincha pasayishida namoyon bo‘ladi.

Uzoq davom etgan toliqish haddan tashqari toliqishga olib kelishi mumkin, bu esa inson salomatligi uchun xavflidir. Toliqish haqida ko‘plab nazariyalar mavjud bo‘lib, ularning dastlabkilari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan.

Tashqi belgilariga teri rangining o‘zgarishi, ter ajralishining kuchayishi, nafas olish ritmining buzilishi, harakatlar muvofiqligining buzilishi va harakatlarning sekinlashishi kiradi.

Ichki belgilariga mushaklarda og‘riq paydo bo‘lishi va bosh aylanishi kiradi.

Adabiyotlar