Tojikiston geografiyasi

Tojikiston geografiyasi
карта: География Таджикистана
Dunyo qismi Osiyo
Mintaqa O‘rta Osiyo
Koordinatalar 39° shim. k. 71° sharq. u.HGЯO
Maydoni
Chegaralari 3 651 km
Eng baland nuqtasi 7 495 m (Ismoil Somoniy cho‘qqisi)
Eng past nuqtasi 300 m (Sirdaryo)
Eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryo

Tojikiston — Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas va Jahon okeaniga tutashmaydi.

Fizik-geografik joylashuvi

Tojikiston hududining 93 % ini (umumiy maydoni 142 970 km²) O‘rta Osiyo tog‘ tizimlariga mansub tog‘lar — Pomir va Tyanshan tog‘lari egallaydi. Shimoliy chegarasida Farg‘ona botig‘i joylashgan bo‘lib, uning uzunligi 300 km, kengligi 170 km gacha yetadi. Mamlakat hududining shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqacha eng katta masofasi 700 km, shimoldan janubgacha esa 350 km. O‘t o‘simliklari va yarim butalar ustunlik qiladi.

Tuproq qoplami

Tojikistondagi o‘simlik qoplami

Mamlakatning tuproq qoplami nihoyatda rang-barang va o‘ziga xosdir. Unga balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalish xos.

Balandlik bo‘yicha quyidagi mintaqalar ajratiladi:

  • Tekislik va past tog‘ mintaqasi — bo‘z tuproqlar;
  • O‘rta tog‘ mintaqasi — tog‘ jigarrang tuproqlari;
  • Baland tog‘ mintaqasi — baland tog‘ o‘tloq-dasht, dasht, cho‘l-dasht, zang (занговые), cho‘l tuproqlari;
  • Nival (doimiy qor) mintaqasi — baland tog‘ qoyalarining yoriqlari, botiqlari va boshqa joylarda hali to‘liq shakllanmagan skeletli tuproqlar.

Iqlim

Fan tog‘lari

Tojikiston iqlimi havo haroratining sutkalik va mavsumiy keskin o‘zgarishi, yog‘in miqdorining kamligi, havoning quruqligi hamda bulutlilikning pastligi bilan ajralib turadi.

Yanvar oyida o‘rtacha harorat respublikaning janubi-g‘arbiy va shimoliy qismidagi vodiy hamda tog‘ etaklarida +2…−2 °C atrofida bo‘lsa, −20 °C va undan ham past haroratlar Pomirda kuzatiladi. Mutlaq eng past harorat −63 °C ga yetib, u Pomirda (Bulunko‘lda) qayd etilgan. Iyulning o‘rtacha harorati janubi-g‘arbdagi pastqam vodiylarda 30 °C dan Pomirda 0 °C va undan ham pastgacha o‘zgaradi. Mutlaq eng yuqori harorat 48 °C (Quyi Panj).

Tojikiston hududining katta qismida geografik va iqlim sharoitiga qarab yillik yog‘in miqdori 700 dan 1600 mm gacha bo‘ladi. Eng ko‘p yog‘in Fedchenko muzligida qayd etilgan: bu yerda yiliga o‘rtacha 2236 mm atrofida yog‘in tushadi. Sharqiy Pomir esa mamlakatning eng qurg‘oqchil hududi bo‘lib, yillik yog‘in miqdori odatda 100 mm dan oshmaydi. Yog‘inlarning asosiy qismi qish va bahor fasllariga to‘g‘ri keladi.

Ko‘llar

Sarez ko‘li
Iskandarko‘l — Ayniy tumanidagi ko‘l

Eng yirik ko‘llar — Qorako‘l, Yashilko‘l, Sho‘rko‘l, Bulunko‘l, Sarez ko‘li, Iskandarko‘l, Zo‘rko‘l, Qayroqqum suv ombori.

Foydali qazilma konlari

Tojikistonning shimolida, Sug‘d viloyatida dunyodagi eng yirik konlardan biri — kumush — qazib olinadigan Katta Konimansur joylashgan..

Muhofaza etiladigan hududlar

2004 yil holatiga ko‘ra, Tojikistonning muhofaza etiladigan barcha tabiiy hududlari jami 3,1 mln ga maydonni, ya’ni respublika hududining 22 % ini egallagan. Ular tarkibiga 4 ta qo‘riqxona (umumiy maydoni 173 418 ga), 13 ta buyurtmaxona (313 260 ga), 1 ta milliy bog‘ (umumiy maydoni 2,6 mln ga), 1 ta tarixiy-tabiiy bog‘ (3 000 ga) va 1 ta tabiat bog‘i (3 805 ga) kirgan.

Qo‘riqxonalar

Milliy va tabiat bog‘lari

YUNESKO Butunjahon merosi obyektligiga nomzodlar

YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasining 34-sessiyasi 25 iyuldan 3 avgustgacha, 2010 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan. Unda Sarazm madaniy meros obyekti bilan bir qatorda Tojikiston milliy bog‘i ham tabiiy meros ro‘yxatiga kiritish uchun nomzod sifatida taqdim etilgan.

2012 yil holatiga ko‘ra, Dastlabki ro‘yxatga 16 ta obyekt kiritilgan bo‘lib, ular orasida Tojikistonning tabiat bog‘lari va qo‘riqxonalari ham bor:

Havolalar