| Shaharcha | |
| Hazorasp | |
|---|---|
| o‘zb. Hazorasp / Ҳазорасп | |
| 41°18′ sh. k. 61°05′ sh. u.HGYaO | |
| Mamlakat |
|
| Viloyat | Xorazm |
| Tarix va geografiya | |
| Shaharcha maqomiga o‘tgan yil | 1992 |
| Markazining dengiz sathidan balandligi | 100 m |
| Iqlim turi | keskin kontinental |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5:00 |
| Aholisi | |
| Aholisi | 80 000 kishi (2025) |
| Aglomeratsiya aholisi | 120 000 |
| Millatlar | o‘zbeklar, ruslar va boshqalar |
| Diniy mansublik | musulmonlar, xristianlar |
| Rasmiy til | o‘zbek tili |
| Raqamli identifikatorlar | |
| Telefon kodi | +998 62 |
|
|
|
| xorezm.com | |
Hazorasp (o‘zb. Hazorasp / Ҳазорасп) — shaharcha (1984—1992-yillarda shahar bo‘lgan), O‘zbekistonda joylashgan hamda Hazorasp tumanining Xorazm viloyatidagi ma’muriy markazi hisoblanadi.
Tarix
Qadimgi Hazorasp
Hazorasp — O‘rta Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biri bo‘lib, Xorazm vohasining janubiy chegarasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan.
Shahar tarixining ilk davri mahalliy madaniy qatlamlar orqali namoyon bo‘ladi. Ulardan topilgan sopol buyumlar miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmiga oid. Shuningdek, minoralari bo‘lgan qal’a devorlarining qoldiqlari ham saqlanib qolgan.
Devorlarda o‘q otish uchun mo‘ljallangan nayzasimon tuynuklar ochilgan va ular to‘rtburchak shakldagi devor bo‘rtmalari (pilyastrlar) bilan bezatilgan. Qal’aning tashqi devorlari va burchaklari 4 burchakli hamda kvadrat shaklli minoralar va pilyastrlar bilan mustahkamlangan.
O‘rta asrlardagi Hazorasp
Hazorasp IX asrda yashagan fors tarixchisi at-Tabariyning tarixiy asarida tilga olingan. X asr fors geografi al-Istaxriy Xorazmning sug‘orish tizimlarini tasvirlar ekan, yirik kemalar suzgan katta Hazorasp kanali, shuningdek, Amudaryodan uncha uzoq bo‘lmagan tekislikda joylashgan Hazorasp shahri haqida ham ma’lumot bergan.
Al-Maqdisiy ma’lumotlariga ko‘ra, Hazorasp yirik savdo shahri bo‘lib, unda ko‘plab bozorlar mavjud edi. Hazorasp XIII asr boshlarigacha, ya’ni mo‘g‘ullar bosqiniga qadar 300 yil davomida yirik va gullab-yashnagan savdo shaharlaridan biri bo‘lgan.
XVIII–XIX asrlarda Hazorasp xonlikning 2-yirik shahri bo‘lib, poytaxt — Xivadan keyingi o‘rinda turgan. Bu yerda Xiva xonining vorislaridan biri yashagan. Bu ma’lumotlarni Tomson, Yefremov, Rukavkin va boshqa xorijiy sayohatchilar qoldirgan.
XIX asr boshlarida Hazorasp Qipchoq-Qo‘ng‘irot, Oqsaroy, Xonqal’asi, Mayjengil va boshqa mahallalarga bo‘lingan edi.
1830-yillarda Hazorasp (Azaris) qariyb 600 ta uyi bo‘lgan, balandlikda joylashgan va mustahkam loy devor bilan o‘ralgan shahar edi. O‘sha paytda bu yerda xonning ukasi Rahmonquli to‘ra yashagan. Aholisi o‘zbeklar, sartlar va qisman ozodlikka chiqarilgan fors qullaridan iborat edi. Ular savdo-sotiq bilan shug‘ullangan hamda Buxoro, Fors va Rossiyaga karvonlar yuborgan.
Adabiyotlar
- Tolstov S. P. Qadimgi Xorazm. — M.—L., 1948.