Tesla — magnit induksiya birligi

Tesla
Тл, T
Fizik kattalik magnit maydon induksiyasi
Tizim SI
Turi hosilaviy birlik
Kimning sharafiga nomlangan Nikola Tesla

Tesla (ruscha belgilanishi: Тл; xalqaro belgilanishi: T) — o‘lchov birligi bo‘lib, magnit maydon induksiyasini Xalqaro birliklar tizimida (SI) ifodalash uchun ishlatiladi. Tesla shunday bir jinsli magnit maydonning induksiyasiga tengki, unda 1 metr uzunlikdagi to‘g‘ri o‘tkazgich magnit induksiya vektoriga perpendikulyar holatda joylashtirilganda va undan o‘tuvchi tok kuchi 1 amper bo‘lsa, o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuch 1 nyuton.

Tesla SI asosiy birliklari orqali quyidagicha ifodalanadi:

Tesla SI hosilaviy birliklari orqali quyidagi munosabatlar bilan ifodalanadi:

Olimlar nomi bilan atalgan hosilaviy birliklarga oid SI qoidalariga ko‘ra, «tesla» o‘lchov birligining nomi kichik harf bilan, uning «Тл» belgisi esa bosh harf bilan yoziladi.

Magnit induksiyasini o‘lchashning boshqa birliklari bilan munosabati:

Bu birlik ixtirochi Nikola Tesla sharafiga nomlangan. Tesla Xalqaro birliklar tizimiga (SI) XI O‘lchovlar va tarozilar bo‘yicha bosh konferensiya qarori bilan 1960-yilda, SI tizimi umuman qabul qilingan vaqtda kiritilgan.

Xos qiymatlar

Tirik qurbaqa muallaq turadi — ~16 teslalik magnit maydonda

Karrali va ulushli birliklar

O‘nlik karrali va ulushli birliklar standart SI old qo‘shimchalari yordamida hosil qilinadi.

Karrali birliklar Ulushli birliklar
qiymat nomi belgisi qiymat nomi belgisi
101 Тл dekatesla даТл daT 10−1 Тл detsitesla дТл dT
102 Тл gektotesla гТл hT 10−2 Тл santitesla сТл cT
103 Тл kilotesla кТл kT 10−3 Тл millitesla мТл mT
106 Тл megatesla МТл MT 10−6 Тл mikrotesla мкТл µT
109 Тл gigatesla ГТл GT 10−9 Тл nanotesla нТл nT
1012 Тл teratesla ТТл TT 10−12 Тл pikotesla пТл pT
1015 Тл petatesla ПТл PT 10−15 Тл femtotesla фТл fT
1018 Тл eksatesla ЭТл ET 10−18 Тл attotesla аТл aT
1021 Тл zettatesla ЗТл ZT 10−21 Тл zeptotesla зТл zT
1024 Тл yottatesla ИТл YT 10−24 Тл yoktotesla иТл yT
1027 Тл ronnatesla РнТл RT 10−27 Тл rontotesla рнТл rT
1030 Тл kvettatesla КвТл QT 10−30 Тл kvektotesla квТл qT
 qo‘llash tavsiya etiladi  qo‘llash tavsiya etilmaydi