Tailwind CSS dizayn freymvorki

Tailwind CSS
Логотип программы Tailwind CSS
Turi CSS freymvorki va ochiq kodli dasturiy ta’minot
Mualliflari Adam Ueten, Jonatan Reynink, Devid Hemfill va Stiv Shoger
Ishlab chiquvchi Tailwind Labs
Dasturlash tillari TypeScript, Rust, CSS
Operatsion tizim turli platformalarda ishlaydi
Interfeys tillari Ingliz tili
Chiqarilgan sana 13-may 2019
Apparat platformasi Butunjahon o‘rgimchak to‘ri
So‘nggi versiya 4.1.2 (2025-04-03)
Kod repozitoriysi github.com/tailwindlabs/…
Litsenziya MIT litsenziyasi
Veb-sayti tailwindcss.com

Tailwind CSS — CSS freymvorki bo‘lib, uning manba kodi ochiq. Uni Adam Ueten yaratgan, Tailwind Labs esa qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu kutubxonaning o‘ziga xos jihati shundaki, u alohida elementlar uchun CSS sinflarini oldindan belgilab qo‘ymaydi. Buning o‘rniga har bir elementning ko‘rinishini sozlash uchun birlashtirib ishlatish mumkin bo‘lgan yordamchi sinflarni taqdim etadi.

30-may 2024-yil holatiga ko‘ra, Tailwind CSS 79 mingdan ortiq yulduzni GitHub platformasida to‘plagan. Bu uni eng ommabop CSS freymvorklaridan va GitHub repozitoriylaridan biriga aylantiradi.

Yordamchi sinflar (utility classes)

“Avval yordamchi sinflar” (utility-first) tamoyili — Tailwind’ning asosiy xususiyati. Tailwind CSS’da muayyan elementlar (tugma, panel, menyu, matn kiritish maydoni va h. k.) uchun maxsus sinflar mavjud emas. Tailwind CSS’dagi har bir sinf elementning muayyan xususiyatini — rangini, shriftini, o‘lchamini, joylashuvini, effektlarini va h. k.) belgilaydi.

Masalan, boshqa bir kutubxonadan foydalanilganda elementga message-warning sinfi berilishi mumkin; bu sinf unga sariq fon va qalin shrift belgilaydi. Tailwind CSS’da xuddi shunday natijaga erishish uchun elementga quyidagi sinflar to‘plamini berish kerak:

Natija FExample Tailwind yellow warning.png
Kod
<div class="m-4 p-4 bg-yellow-200 font-bold rounded-lg">
  <p>Please be careful when feeding the birds.</p>
</div>
Sinflar Tailwind CSS talqini
m-4 margin: 1rem;
p-4 padding: 1rem;
bg-yellow-200 background-color: rgba(254, 240, 138, 1);
font-bold font-weight: 700;
rounded-lg border-radius: 0.5rem;

JIT kompilyatsiyasi

JIT rejimi (Just-In-Time, ya’ni “ayni kerakli paytda”) — dastur ishlab chiqish jarayonida CSS kodini juda tez kompilyatsiya qilish usuli. Uslublar faqat zarur bo‘lganda yaratilgani sababli mahsulotning yakuniy versiyasini tayyorlash bosqichida ishlatilmaydigan uslublarni olib tashlashga ehtiyoj qolmaydi. Demak, dasturchi ishlab chiqish vaqtida ham, yakuniy yig‘ish jarayonida ham aynan bir xil CSS kodini oladi.

Tailwind CSS’ning uchinchi versiyasidan boshlab JIT rejimi sukut bo‘yicha qo‘llanadi.

Sozlamalar va mavzular

Tailwind taqdim etadigan yordamchi sinflar va ularning variantlarini odatda tailwind.config.js deb nomlanadigan konfiguratsiya fayli orqali sozlash mumkin. Unda yordamchi sinflarning qiymatlari, masalan, ranglar palitrasi yoki elementlar atrofidagi bo‘shliqlar o‘lchamlari belgilanishi mumkin.

Versiyalar

Tailwind CSS versiyalar o‘rtasidagi moslikni aniqlash uchun semantik versiyalashdan, shuningdek, o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich joriy etish strategiyasidan foydalanadi. Bu dasturchilarga yangiliklarni dastlabki bosqichdayoq o‘rganish va kelajakda yangilanish bilan bog‘liq muammolarning oldini olish imkonini beradi.

Tashqi havolalar