Syollner illyuziyasi

Tsyollner illyuziyasi

Tsyollner illyuziyasi — klassik optik illyuziya, uni nemis astrofizigi I. Tsyollner kashf etgan. 1860-yilda Tsyollner o‘z kashfiyotini nemis fizigi I. K. Poggendorfga, «Fizika va kimyo annallari (Annalen der Physik und Chemie)» jurnali muharririga yo‘llagan maktubida bayon qilgan. Poggendorf keyinchalik shunga o‘xshash Poggendorf illyuziyasini Tsyollner maqolasidagi rasmda aniqlagan.

Bu rasmda uzun chiziqlar parallel emasdek ko‘rinadi, lekin aslida ular paralleldir. Qisqa chiziqlar uzun chiziqlar bilan burchak hosil qiladi. Bu burchak uzun chiziqning bir uchi ikkinchi uchiga qaraganda bizga yaqinroqdek taassurot uyg‘otadi. Bu hodisa Vundt illyuziyasiga o‘xshaydi.

Agar bu tasvir qizil fonda yashil rangda aks ettirilsa va qizil hamda yashil ranglarning yorqinligi bir xil bo‘lsa, illyuziya yo‘qoladi.

Bu illyuziya Gering illyuziyasi, Poggendorf illyuziyasi va Myuller-Layer illyuziyasiga o‘xshaydi. Bu illyuziyalarning barchasi chiziqlarning buzilib ko‘rinishi effektini namoyon etadi.