
Poggendorf illyuziyasi — klassik optik illyuziya, nemis fizigi I. K. Poggendorf sharafiga nomlangan. U bu illyuziyani o‘ziga yuborilgan rasmda aniqlagan; rasmni yuborgan olim astrofizik I. Syollner.
Illyuziyaning mohiyati: chapdagi rasmda qora chiziqning davomi bir qarashda tuyulganidek ko‘k chiziq emas, balki qizil chiziqdir.
Hozirgi kungacha bu illyuziyaning birorta ham qoniqarli izohi mavjud emas. Ehtimol, bu effekt insonning ko‘rish orqali idrok etish tizimi diagonal chiziqlarni talqin qilishda nihoyatda cheklanganligi sababli yuzaga keladi, biroq buning sabablari hanuzgacha noma’lum.