Statsionar holat (kvant fizikasi)

Statsionar holat (lotincha stationarius — bir joyda turuvchi, harakatsiz) — kvant tizimining shunday holatiki, unda uning energiyasi va kvant holatini tavsiflovchi boshqa dinamik kattaliklar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi.

Nils Bor 1916-yilda o‘z postulatlarini ta’rifladi. Ularga ko‘ra, atom bir statsionar holatdan boshqasiga faqat kvantni yutish yoki chiqarish orqali o‘ta oladi. Bunday kvantning energiyasi atomning boshlang‘ich va oxirgi statsionar holatlaridagi energiyalari farqiga teng. Statsionar holatlarning kvant nazariyasini Ervin Shryodinger 1925-yilda ishlab chiqqan.

Kvant mexanikasida statsionar sof holatlar quyidagi to‘lqin funksiyasi bilan ifodalanadi:

Ψ(r→,t)=ψ(r→)e−iEt/ℏ,

bu yerda ψ(r→) statsionar Shryodinger tenglamasiga bo‘ysunadi

−ℏ22mΔψ(r→)+Ep(r→)ψ(r→)=Eψ(r→).

To‘lqin funksiyasi modulining kvadrati

|Ψ(r→,t)|2=|ψ(r→)|2

vaqtga bog‘liq emas.

Havolalar