Samarqand viloyati (Turkiston ASSR)

Mundarija
Turkiston ASSRning Samarqand viloyati
o‘zb. سمرقنر ولایتی
fors. ولایاتی سمرقند‎
Карта Туркестанской АССР. Самаркандская область выделена желтым цветом.
Turkiston ASSR xaritasi. Samarqand viloyati sariq rangda ajratib ko‘rsatilgan.
Mamlakat Флаг СССР SSSR
Флаг РСФСР (1918-1954) RSFSR
Tarkibiga kiradi Флаг Туркестанской АССР Turkiston ASSR
Tarkibi 4 uyezd
Ma’muriy markazi Samarqand
Tarixi va geografiyasi
Tashkil etilgan sana 30-oktabr 1918-yil
Tugatilgan sana 27-oktabr 1924-yil
Maydoni 68 962 km²
Eng yirik aholi punkti Samarqand
Boshqa yirik aholi punktlari Xo‘jand, Jizzax, O‘ratepa, Panjakent, Kattaqo‘rg‘on
Aholisi
Aholi soni Taxminan 1,5 mln kishi (1924)
Milliy tarkibi asosan o‘zbeklar va tojiklar, shuningdek, qozoqlar, ruslar, O‘rta Osiyo (Buxoro) yahudiylari, O‘rta Osiyo eroniylari, O‘rta Osiyo arablari va boshqalar
Diniy tarkibi asosan musulmon-sunniylar, shuningdek, xristianlar va musulmon-shialar
Rasmiy tillar rus tili, o‘zbek tili va fors tili (tojik tili)
Ma’muriy-hududiy vorislik
← Samarqand viloyati (Rossiya imperiyasi) O‘zbekiston SSR →
Tojikiston ASSR →
Самаркандская область Туркестанской АССР на карте

Samarqand viloyati — Turkiston ASSRning besh viloyatidan biri. Respublika RSFSR tarkibida bo‘lgan. Viloyat 30-oktabr (1918-yil) kuni avvalgi shu nomdagi viloyat o‘rnida tashkil etilgan. Avvalgi viloyat Turkiston o‘lkasi (general-gubernatorligi) (Rossiya imperiyasi) tarkibiga kirgan. Turkiston ASSRning Samarqand viloyati Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasining Samarqand viloyati bilan aynan bir xil hududni egallagan.

Turkiston ASSRning Samarqand viloyati 27-oktabr (1924-yil) kuni tugatilgan, uning hududi esa O‘rta Osiyoning qolgan mintaqalari bilan birga yangi tashkil etilgan ittifoqdosh respublikalar o‘rtasida milliy-hududiy chegaralanish jarayonida taqsimlangan. Samarqand viloyatining hududi O‘zbekiston SSR va Tojikiston ASSR (O‘zbekiston SSR tarkibidagi) o‘rtasida taqsimlangan. Turkiston ASSR Samarqand viloyatining vorisi deb Samarqand okrugini hisoblash mumkin; u O‘zbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud bo‘lgan.

Viloyatning ma’muriy markazi va eng yirik shahri Samarqand bo‘lgan. Viloyatning boshqa eng yirik shaharlari: Xo‘jand, Jizzax, O‘ratepa, Panjakent va Kattaqo‘rg‘on. Viloyat 4 ta uyezdga bo‘lingan: Samarqand, Xo‘jand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘on uyezdlari. Ularning ma’muriy markazlari mos ravishda Samarqand, Xo‘jand, Jizzax va Kattaqo‘rg‘on shaharlari bo‘lgan.

Shimol va shimoli-g‘arbda Sirdaryo viloyati (Turkiston ASSR) bilan, janub va g‘arbda Buxoro amirligi (keyinchalik Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sotsialistik Sovet Respublikasi) bilan, sharqda Farg‘ona viloyati (Turkiston ASSR) bilan chegaradosh bo‘lgan.

Viloyatda taxminan bir yarim million kishi yashagan. Aholining asosiy qismini o‘zbeklar va tojiklar tashkil etgan. Shuningdek, bu yerda ko‘p sonli ruslar, O‘rta Osiyo (Buxoro) yahudiylari, O‘rta Osiyo eroniylari, O‘rta Osiyo arablari va boshqa xalqlar yashagan. Aholi asosan islom dinining sunniylik yo‘nalishiga e’tiqod qilgan, shu bilan birga, anchagina musulmon shialar ham bo‘lgan. Aholining salmoqli qismi yahudiylik va xristianlik (asosan pravoslavlik) dinlariga ham e’tiqod qilgan. Viloyat tashkil etilganidan keyin qo‘shni Buxoro amirligiga nisbatan erkinroq va bag‘rikengroq muhit tufayli amirlikdan Samarqand viloyatiga savdogarlar, moliyachilar va ziyolilarning aksariyati, shuningdek, Buxoro amiri tomonidan ta’qib qilingan kishilar qochib yoki ko‘chib kelgan, jumladan, taniqli yozuvchi Sadriddin Ayniy.

Viloyat iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi (asosan sabzavot va meva, paxta va bug‘doy yetishtirish), chorvachilik, ipakchilik, asalarichilik tashkil etgan. Iqtisodiyotda sanoat, bank ishi ham o‘rin tutgan — Samarqand Turkiston ASSRning asosiy moliyaviy markazlaridan biri bo‘lgan. Viloyat daromadining bir qismini xalq kasb-korlari va hunarmandchilik, jumladan, gilamdo‘zlik, sopol idishlar va buyumlar ishlab chiqarish hamda shu kabi faoliyat turlari keltirgan. Samarqandda O‘rta Osiyoning eng yuklamasi katta temiryo‘l stansiyalaridan biri joylashgan edi. Samarqand viloyati Turkiston ASSRning eng rivojlangan mintaqalaridan biri bo‘lgan.

Viloyatning asosiy qismi Zarafshon vodiysi hududida joylashgan. Viloyat hududidan O‘rta Osiyoda uzunligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi daryo — Zarafshon oqib o‘tgan, shimol va janubdan esa viloyat Turkiston va Zarafshon tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan edi.

Adabiyotlar

  • O‘zbekiston SSR tarixi // . — Toshkent, 1958. — J. 2.
  • O‘rta Osiyo xalq xo‘jaligi // . — Toshkent, 1924. — J. 2-3.
  • Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi // O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. — Toshkent, 2000—2005.