Protsessor nima

Protsessor hisoblash texnikasida — elektron komponent (raqamli sxema), u tashqi ma’lumotlar manbai, odatda, xotira yoki boshqa ma’lumotlar oqimi bilan amallar bajaradi. Bu atama ko‘pincha markaziy protsessor (MP), ya’ni tizimning asosiy protsessorini anglatish uchun ishlatiladi. Biroq u grafik protsessor (GPU) kabi boshqa soprotsessorlarga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin.

Hozirgi kunda protsessor odatda mikroprotsessor ko‘rinishida — bitta (yoki o‘zaro zich integratsiyalashgan bir nechta) mikrosxemada (integral sxemada) yaratiladi. Ilgari esa protsessorlar quyidagi elementlardan yasalgan: ko‘plab alohida elektron lampalar, ko‘plab diskret tranzistorlar yoki ko‘plab kichik integratsiya darajasiga ega integral sxemalar.

Turlari:

Hozir kvant protsessorlari ham yaratilgan (qarang: Kvant protsessori (Quantum processor)[inglizcha], kvant kompyuteri); ular bitlarni ifodalash uchun kvant superpozitsiyasidan foydalanadi (bunday bitlar kubitlar deb ataladi), ya’ni faqat yoqilgan/o‘chirilgan ikkilik holatlar bilan cheklanmaydi.

Dasturiy

  • Matn protsessori
  • Buyruqlar protsessori yoki buyruqlar interpretatori — buyruqlar qatori interfeysini ta’minlaydigan va foydalanuvchining matnli buyruqlarini bajaradigan operatsion tizim qobig‘i.

Shuningdek, protsessor — hujjatlarni o‘zgartirish tili (qarang: XSLT, Turkum:XSLT protsessorlari, Turkum:XQuery protsessorlari)

Havolalar