| Prado muzeyi | |
|---|---|
| ispancha Prado milliy muzeyi | |
| | |
| | |
| Tashkil etilgan sana | 1819 |
| Ochilish sanasi | 19-noyabr 1819 |
| Asoschisi | Karl III |
| Joylashuvi | |
| Manzil |
Madrid, Ispaniya: Prado milliy muzeyi, Paseo del Prado s/n 28014 |
| Yiliga tashrif buyuruvchilar |
|
| Direktor | Migel Falomir Faus[Vikima’lumotlar] |
| Mukofotlari |
|
| Veb-sayt | museodelprado.es |
Prádo (ispancha Prado milliy muzeyi) — milliy muzey, Yevropa tasviriy san’atining eng yirik va ahamiyatli muzeylaridan biri bo‘lib, Madridda (Ispaniya) joylashgan. Muzey binosi kechki klassitsizmme’morchiligi yodgorligidir. U dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan san’at muzeylarining dastlabki yigirmataligiga kiradi.
Prado va Tissen-Bornemisa muzeylari bilan birga Qirolicha Sofiya san’at markazi Madridning San’at oltin uchburchagini tashkil etadi. Bu hudud 2021-yilda Jahon merosi ro‘yxatiga YUNESKO tomonidan kiritilgan.
Muzey kolleksiyalari
Muzeyda Bosx, Velaskes, Goyya, Murilyo, Surbaran va El Grekoasarlarining dunyodagi eng boy to‘plamlaridan biri saqlanadi.
Italiya rangtasviri zallaridagi asarlar ilk Uyg‘onish davridan (Fra Anjeliko, Mantenya, Bottichelli) XVIII asrgacha (Tyepolo) bo‘lgan davrga mansub. Birinchi qavatdagi ekspozitsiyada markaziy o‘rinni Rafaelasarlari egallaydi. Shu qavatda Karavajjo va Jentileskining kartinalari ham joylashgan. Venetsiya maktabi — Titsian, Tintoretto, Veroneze va Bassano asarlari Prado muzeyining eng boy rangtasvir ansambllaridan birini tashkil etadi.
Italiyalik ustalarning ko‘plab kartinalarini qirollar Karl V, Filipp II va ayniqsa Filipp IVsotib olgan. Kolleksionerlar, asosan, Venetsiya rassomlarining asarlariga qiziqish bildirgan.
Flamand san’ati
Muzey kolleksiyasiga flamand rassomlarining asarlari tasodifan kelib qolmagan: hozirgi Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg hududidagi viloyatlar bir yarim asrdan ortiq vaqt Ispaniya tojiga qarashli bo‘lgan. Shu sababli ko‘plab flamand rassomlari Ispaniyada ishlagan. Flamand ilk davr rassomlari — Veyden, Bauts, Memling, Bosx va XVI asr ning boshqa ijodkorlari kartinalari pastki (nolinchi) qavatda namoyish etiladi. Muzeydagi flamand maktabining eng muhim durdonalaridan biri Bosxning «Pichan aravasi» asaridir. Birinchi qavatda XVII asr flamand rangtasvirining ajoyib kolleksiyasini — Rubens, Van Deyk, Breygel va boshqa mualliflarning asarlarini ko‘rish mumkin.
Ispan san’ati
Muzeyda eng keng ko‘lamda ispan rangtasviri namoyish etilgan. Xronologik tartib asosida Prado tashrif buyuruvchilarga roman uslubidagi XII asr devoriy rasmlaridan tortib, Goyya ning XIX asrning dastlabki uchdan bir qismidagi ijodigacha bo‘lgan asarlarni taqdim etadi. Muzeyda o‘rta asrlarga oid freskalar, gotika, Uyg‘onish davri va realistik kartinalar ( XIX asr) namoyish etilgan. Pastki (nolinchi) qavatda o‘rta asrlar va Uyg‘onish davrirangtasviri asarlari namoyish etiladi. Birinchi qavatda El Greko, Velaskes, Ribera, Murilyo, Surbaran va Ispaniya oltin asrining boshqa rassomlari kartinalari joylashgan. Pradodagi ispan rangtasviri to‘plamining eng yuqori cho‘qqisi Goyyaasarlari bo‘lib, ularni pastki (nolinchi), birinchi va ikkinchi qavatlarda ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, muzey tashrif buyuruvchilarni unchalik mashhur bo‘lmagan ispan rassomlarining keng kolleksiyasi bilan ham tanishtiradi. Jumladan, Eduardo Rosales, Visente Kutanda va boshqalarning asarlari taqdim etilgan.
Nemis maktabi
Nemis rangtasvirining kichik, ammo noyob kolleksiyasiga XVI asrdan XVIII asrgacha yaratilgan asarlar kiradi. Pastki (nolinchi) qavatdagi zallardan biri Albrext Dyurer va Lukas Kranaxdurdonalariga bag‘ishlangan. Ikkinchi qavatda Anton Rafael Mengs ning neoklassitsizm uslubidagi kartinalari namoyish etiladi.
Ingliz maktabi
Hozir muzeyda XVIII asr — Angliyaning madaniy yuksalish davri — hamda XIX asrga oid portretlarning ajoyib kolleksiyasi saqlanadi. Birinchi qavatda Geynsboro, Reynolds va Lorensning asarlari namoyish etiladi.
Fransuz maktabi
Ispaniya bilan Fransiya o‘rtasidagi XVII asrdagi yaqin aloqalar, shuningdek, ispan qirollari Filipp IV va Filipp V ning san’at asarlarini xarid qilishi Pradodagi fransuz rangtasviri kolleksiyasiga asos bo‘lgan. Birinchi qavatda Pussen va Lorren kartinalari namoyish etiladi.
Chizmalar va gravyuralar
Muzeyda qariyb 4000 ta chizma saqlanadi. Dunyodagi eng yirik chizma va gravyura to‘plamining muallifi — Goyya. Ushbu to‘plam rassomning 500 ta asarini o‘z ichiga oladi. Prado fondlaridagi chizmalar va gravyuralar muzey ko‘rgazmalarida vaqti-vaqti bilan namoyish etiladi.
Haykaltaroshlik

220 dan ortiq klassik haykalItaliyadan XVI—XIX asrlarda keltirilgan bo‘lib, ular janrning arxaik davrdan tortib, ellinizm va Rim davrlarigacha bo‘lgan taraqqiyotini aks ettiradi. Kolleksiyani italiyalik haykaltarosh Leone Leoni va uning o‘g‘li Pompeoyaratgan, qirollar Karl V va Filipp II buyurtma bergan XVI asrga oid haykallar to‘ldiradi.
Muzey atrofida, uning uchta kirish joyi yonida uch buyuk ispan rassomiga bag‘ishlangan yodgorliklar — Fransisko Goyya haykali, Diego Velaskes va Bartolome Esteban Murilyo haykallari o‘rnatilgan.
Amaliy-bezak san’ati
Muzey zallarida XVI—XVIII asrlarga oid stol va konsollar, kassone (sanduq), yozuv stollari, sopol buyumlar ( Urbino shahridan) va kichik haykallarnamoyish etiladi. Eng yirik to‘plam — «Dofin xazinasi» — Filipp V ga otasi — Buyuk dofin Lyudovikdan meros qolgan qimmatbaho buyumlardan iborat. Bu xazinalarni muzeyning yerto‘la qavatidagi zallarda ko‘rish mumkin.
Muzeyga tashrif
- Muzeyning ish vaqti: dushanbadan shanbagacha — 10.00 dan 20.00 gacha; yakshanba va bayram kunlari — 10.00 dan 19.00 gacha; 6-yanvar, 24 va 31-dekabrda — 10.00 dan 14.00 gacha. Muzeyga kirish yopilishidan 30 daqiqa avval to‘xtatiladi. Zallar muzey ish vaqti tugashidan 10 daqiqa avval yopila boshlaydi. Muzey 1-yanvar, 1-may va 25-dekabr kunlari yopiq bo‘ladi.
Vaqtinchalik ko‘rgazmalar
Muzeyda mavzuli ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. Masalan, 2003-yilda bu yerda dunyo muzeylaridan keltirilgan Titsian asarlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan. 2006-yilda, Ispaniyaga qaytarilganiga 25 yil to‘lgan «Gernika» — Pikassoning kartinasi munosabati bilan rassomning asarlari Prado va Qirolicha Sofiya san’at markazida namoyish etilgan.
Muzey kartinalarining boshqa mamlakatlardagi ko‘rgazmalari
Muzey kartinalari vaqti-vaqti bilan boshqa mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda ham namoyish etiladi. Masalan, 2006-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida o‘tgan «Ispan rangtasvirining 500 yilligi» ko‘rgazmasi ekspozitsiyasining salmoqli qismini Prado kartinalari tashkil etgan. 2011-yilda Rossiyadagi Ermitajda (Sankt-Peterburg) Prado muzeyidan keltirilgan asarlar ko‘rgazmasi o‘tkazilgan.
Xronologiya
- 1775 — Ispaniya qiroli Karl III ning topshirig‘i bilan me’mor Xuan de Vilyanueva yangi bino loyihasining dastlabki chizmalarini tayyorlashga kirishadi. Bu bino — Tabiiy tarix muzeyi.
- 1809 — Jozef Bonapart qirollik farmoni bilan Rangtasvir muzeyi tashkil etilishini e’lon qiladi.
- 1810 — Jozef Bonapart o‘z farmoni bilan Buenavista saroyida rangtasvir galereyasini tashkil etadi (saroyning dastlabki egasi Alba gersoginyasibo‘lgan, keyinchalik esa saroy qirol Karl IV saroyidagi bosh vazir, janob Godoyning mulkiga aylangan).
- 1811 — Prado saroyi deyarli bitkaziladi, biroq Xuan de Vilyanuevavafot etadi. Ispaniya–Fransiya mojarosi davomida Madridni egallab olgan fransuz qo‘shinlari binodan otxona sifatida foydalanadi. Metall tomini esa yechib, o‘z armiyasi xo‘jalik ehtiyojlariga ishlatadi (keyinchalik tom cherepitsali tom bilan almashtirilgan).
- 1814 — Ferdinand VII qirolicha Mariya Izabella de Bragansa tashabbusi bilan bo‘sh turgan Prado binosida rasmlar galereyasini ochishga qaror qiladi.
- 1818 — Qirollik muzeyi tashkil etiladi.
- 1819 — Ferdinand VII Qirollik muzeyining rasmiy ochilish marosimini o‘tkazadi. 1829-yilgacha muzeyga qirollik kolleksiyasining katta qismi kelib tushadi.
- 1829 — San-Fernando gersogi tomonidan muzey fondiga dastlabki kartina — «Masihning xochga mixlanishi» — D. Velaskes asari topshiriladi.
- 1835 — Mendisabal ning cherkov mulkini meros qilib olishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risidagi mashhur farmoni e’lon qilinadi. Natijada turli monastir va cherkovlardagi ko‘plab kartinalar La Trinidad monastiriga topshiriladi. Keyinchalik bu galereya La Trinidad muzeyiga aylanadi.
- 1838 — urush harakatlari (Birinchi karlistlar urushi — fuqarolar urushi — Ispaniya da 1833–1839-yillarda davom etgan) tufayli Madrid atrofidagi saroylardan, jumladan, Eskorialdan ko‘plab kartinalar Pradoga keltiriladi.
- 1843 — Prado kolleksiyasining katalogi tuzilib, unga 1949 ta asar kiritiladi.
- 1869 — qirolicha Izabella II taxtdan ag‘darilganidan so‘ng muzey davlat tasarrufiga o‘tkaziladi.
- 1879—1882 — gobelenlar uchun ishlangan etyudlar — F. Goyya asarlari — Madriddagi qirollik saroyidan, shuningdek, La Trinidad muzeyining barcha asarlari Pradoga topshiriladi.
- 1881 — muzey baron d’Erlangerdan «Qora kartinalar» — F. Goyya yaratgan kartinalar turkumini hadya sifatida oladi.
- 1883—1889 — bino qurilishi davom ettirilib, yangi zallar qo‘shiladi. Loyihalash ishlari bilan me’mor Xarenyo shug‘ullanadi.
- 1889-yilda muzey Pastrana gersoginyasidan 200 dan ortiq kartinani hadya sifatida qabul qiladi.
- 1912 — muzeyning vasiylik kengashi tashkil etiladi.
- 1914—1930 — bino kengaytirilib, yangi zallar barpo etiladi. Jumladan, 1927-yilda me’mor Arbo binoning orqa qismini kengaytirish g‘oyasini ishlab chiqadi. Keyin me’mor Pedro de Mugurusa markaziy galereyani qayta quradi va binoning shimoliy tomoniga yangi zinapoya qo‘shadi. Bu qayta qurish ishlari qattiq tanqidga uchraydi, chunki XIX asrda me’mor Xarenyo barpo etgan zinapoya buzib tashlangan edi.

Kason del Buen Retiro. Prado muzeyining Retiro bog‘i ro‘parasidagi filiali - 1915 — Pablo Bosx vafot etadi, uning vasiyatiga ko‘ra Pradoga bir qancha kartinalar topshiriladi.
- 1930 — don Pedro Fernandes Dyuranning vasiyatiga binoan muzeyga katta kartinalar to‘plami topshiriladi.
- 1936—1939 — muzey direktori etib Pablo Pikassotayinlanadi. Ispaniyadagi fuqarolar urushi davrida asosiy kartinalar mamlakatdagi san’at asarlarini himoya qilish uchun maxsus tuzilgan Xalqaro kengash ishtirokida Shveysariyaga jo‘natiladi (olib chiqish yo‘li: Valensiya).
- 1939-yilda «San’at va tarix muzeyi»da ( Jeneva ) Prado kartinalari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Shundan keyin asarlar Ispaniyaga qaytariladi.
- 1940 — muzey don Fransisko Kambodan yuqori sifatli asarlar kolleksiyasini hadya sifatida oladi.
- 1956—1978 — muzey Chueka va Lorente me’morlarining loyihalari asosida kengaytiriladi. XIX va XX asrlar rangtasvir kolleksiyasini joylashtirish uchun Kason del Buen Retiro binosi muzey tarkibiga qo‘shiladi.
- 1980 — konditsionerlar o‘rnatilgan dastlabki zallar ochiladi. «Prado do‘stlari» jamg‘armasi tashkil etiladi. Boletín del Museo del Prado («Prado muzeyi byulleteni»)ning birinchi soni nashr etiladi.
- 1982 — «El Greko» va «Murilyo» ko‘rgazmalari keng ko‘lamli ko‘rgazmalar dasturiga asos soladi. Keyinchalik Velaskes, Goyya hamda ispan va xorijiy rangtasvir maktablarining ko‘plab boshqa rassomlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etiladi.
- 1988 — Qirolicha Sofiya san’at markazi ochiladi, u Qirolicha Sofiya muzeyi (Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofia, Museo Reina Sofía, qisqacha MNCARS) nomi bilan ham tanilgan. Pradodan unga asosan XIX asrga oid asarlar topshiriladi.
- 1990—1996 — kartinalarning reproduksiyalari jamlangan uch jildlik nashr chop etiladi.
- 1998 — Prado muzeyining Kason del Buen Retiro filiali kapital ta’mirlash uchun yopiladi.
- 1999 — muzeyni kengaytirish rejasining birinchi bosqichi taqdim etiladi. Rejaga ko‘ra, majmua beshta binoni, jumladan, Xuan de Vilyanuevabinosini, Kason del Buen Retironi, zamonaviy ofis binosini va yaqin atrofdagi cherkov monastirini ham o‘z ichiga oladigan yangi inshootni qamrab olishi ko‘zda tutilgan.
- 2007 — muzeyning asosiy binosi rekonstruksiya qilinib, ekspozitsiya maydonlari kengaytiriladi va unga tutash yangi bino me’mor Rafael Moneo loyihasi asosida qurib bitkaziladi.
- 2016 — muzeyda saqlanayotgan 11 mingdan ortiq asarning fotosuratlari internetda e’lon qilinadi.
- 2025 — muzey ochiq foydalanish uchun Aracne dasturini taqdim etadi. U rangtasvir matolarini ilmiy tadqiq etishga mo‘ljallangan.
Adabiyotlar
- Volkova G. I. Prado // O‘quv ispancha-ruscha lingvomamlakatshunoslik izohli lug‘ati. — M.: Oliy maktab, 2006. — B. 468. — 656 bet — ISBN 5-06-004248-0.
- Prado. Scala Publishers Ltd, 2003. — 240 bet. — ISBN 1-85759-321-9.
- Prado muzeyi: yo‘lko‘rsatkich. Mar Sanches Ramon. Aldeasa Ediciones, 2002. — 126 bet. — ISBN 84-8003-320-7.
Havolalar
- Muzeyning rasmiy veb-sayti Arxiv nusxasi 1-sentabr 2017-yil sanasida Wayback Machine