| Popokatepetl | |
|---|---|
| ispan. Popocatépetl, astekcha Popōcatepētl | |
Vulqonning shimoli-g‘arbiy yonbag‘ri, Amekamekadan ko‘rinishi. | |
| Xususiyatlari | |
| Vulqon shakli | Stratovulqon |
| Shakllanish davri | Kechki pleystotsen |
| So‘nggi otilishi | 2023 |
| Eng baland nuqtasi | |
| Mutlaq balandligi | 5426 m |
| Nisbiy balandligi | 3020 m |
| Birinchi ko‘tarilish | 1519-yil (Diego de Ordas) |
| Joylashuvi | |
| 19°01′20″ sh. k. 98°37′40″ g‘. u.HGЯO | |
| Mamlakat | |
| Tog‘ tizimi | Kordilyeralar |
| Tizma yoki massiv | Meksika yassitog‘ligi |
Popokatepetl (ispan. Popocatépetl, astekcha Popōcatepētl) — faol vulqon bo‘lib, Meksikada joylashgan. Uning nomi nauatl tilidagi ikki so‘zdan kelib chiqqan: popoka — «tutun chiqaruvchi» va tepetl — «tepalik», ya’ni tutun chiqaruvchi tepalik. U Transmeksika vulqon kamariga kiradi.
Umumiy ma’lumotlar
Popokatepetl — Meksikada Orisaba cho‘qqisidan keyingi ikkinchi eng baland tog‘. Uning balandligi 5426 metr, Orisabaniki esa 5675 metr.
Popokatepetl so‘ngan Istaksiuatl vulqoni yaqinida joylashgan. Bu ikki tog‘ o‘z nomini Popokatepetl va Istaksiuatl haqidagi afsona qahramonlaridan olgan.
Vulqon atrofida muhim shaharlar tutashmasi (konurbatsiya) shakllangan. U Puebla shtatini (vulqonning sharqiy tomonida), Tlaskala shtatini (shimoli-sharqda) va shimoli-g‘arbdagi Mexiko shahrini o‘z ichiga oladi. Bu hududlarning umumiy aholisi 20 milliondan oshadi.
Diego de Ordas Popokatepetlga birinchi bo‘lib ko‘tarilganidan so‘ng o‘z gerbiga vulqon tasvirini kiritishni talab qilgan.
Galereya
- Meksikaning asosiy vulqonlari
- Popokatepetlning shimoliy tomoni, Paso-de-Kortes dovonidan ko‘rinishi
Adabiyotlar
- Park, Grem. Tog‘lar: Yer tog‘ tizimlarining kelib chiqishi (Mountains: The origins of the Earth’s mountain systems) : [ingl.]. — Dunedin Academic Press, 2017. — 256 b. — ISBN 978-1780460666.
Havolalar
- Popocatépetl (ingl.). Global vulkanizm dasturi. Smitson instituti.
- Jon Sich. Popokatepetl vulqoni (ingl.). Volcano Live. Murojaat qilingan sana: 5-fevral 2022-yil. Arxivlangan 27-mart 2022-yil.
- Popokatepetl. Jahon tog‘lar ensiklopediyasi (World Mountain Encyclopedia) (ingl.). Peakware.com. Murojaat qilingan sana: 5-fevral 2022-yil. Asl nusxadan arxivlangan 20-iyun 2011-yil.
- Istaksiuatl–Popokatepetl–Sokiapan milliy bog‘i (El Parque Nacional Izta-Popo Zoquiapan) (ispan.). Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar milliy komissiyasi (Comisión Nacional de Áreas Naturales Protegidas). Asl nusxadan arxivlangan 6-yanvar 2018-yil.