Yellouston sharsharalari

Yellouston sharsharalari
ingl. Yellowstone Falls
Верхний Йеллоустонский водопад. Фото сделано в сентябре 2012 года.
Yuqori Yellouston sharsharasi. Surat 2012-yil sentabr oyida olingan.
Xususiyatlari
Balandligi33 va 94 m
Joylashuvi
44°43′05″ sh. k. 110°29′46″ g‘. u.HGYaO
DaryoYellouston 
Mamlakat
ShtatVayoming
OkrugPark
США Запад
Точка
Yellouston sharsharalari
Логотип Викисклада Vikimedia Commonsdagi mediafayllar

Yellouston sharsharalari (ingl. Yellowstone Falls) — ikki qismli sharshara, Park okrugi (Vayoming shtati, AQSH) hududida, Yellouston daryosining Yellouston milliy bog‘idan oqib o‘tadigan qismida joylashgan. Ikki sharshara orasidagi masofa daryo o‘zani bo‘ylab taxminan 750 metrni tashkil etadi.

Yuqori Yellouston sharsharasi

Yuqori Yellouston sharsharasi (ingl. Upper Yellowstone Falls) quyidagi koordinatalarda joylashgan: 44°42′46″ sh. k. 110°29′59″ g‘. u.HGYaO va balandligi 33 metrni tashkil etadi.

Quyi Yellouston sharsharasi

Quyi Yellouston sharsharasi. Surat 2005-yil iyun oyida olingan.

Quyi Yellouston sharsharasi (ingl. Lower Yellowstone Falls) quyidagi koordinatalarda joylashgan: 44°43′05″ sh. k. 110°29′46″ g‘. u.HGYaO va balandligi 94 metrni tashkil etadi. Bu milliy bog‘dagi eng baland sharshara va suv hajmi jihatidan Qoyali tog‘lardagi eng yirik sharsharadir: quruq mavsumda (kuzda) suv sarfi taxminan 19 m³/sek, yomg‘irli mavsumda (bahor oxirida) esa 240 m³/sek gacha yetadi.

Sharsharadan keyin daryo quyidagi kanyon orqali oqishda davom etadi: Yelloustonning Katta kanyoni[ingl.].

Tarixi

Mahalliy hindular bu sharsharalar mavjudligini qadim zamonlardan beri bilishgan. Uilyam Klark o‘zining mashhur ekspeditsiyasi (1804—1806) vaqtida shu hududda bo‘lganida kundaligiga sharsharalar shovqinini eshitgani, ammo ularni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaganini yozib qoldirgan. 1824-yilda fransuz mo‘yna savdogari Batist Dyusharm ushbu sharsharalarni ko‘rganini aytgan. 1846-yilda amerikalik kashshof, mauntinmen (mountain man), mo‘yna savdogari va tog‘ yo‘lboshchisi Jim Bridjer ham shunday da’vo qilgan. 1851-yilda u missioner Pyer Jan de Smetga ushbu sharsharalar belgilangan xaritani taqdim etgan. 1869-yilda Kuk, Folsom va Piterson ekspeditsiyasi[ingl.] sharsharalarni ilk bor batafsil o‘rganib, ularga hozirgi nomini bergan. Keyingi yili sharsharalarning nisbatan sifatli rasmlari jamoatchilikka taqdim etildi. Ularni oddiy askar Charlz Mur Uoshbern, Lengford va Doan ekspeditsiyasi[ingl.] davomida chizgan edi. 1871-yilda sharsharalarning dastlabki fotosuratlari olindi. Ularni Uilyam Jekson shu yerga Ferdinand Xayden boshchiligidagi ekspeditsiya bilan kelganida suratga olgan. Sharsharalar tasvirlangan dastlabki haqiqiy kartinalarning muallifi esa Tomas Moran edi. 1887-yilda ushbu sharsharalarning qishda olingan dastlabki fotosuratlari nashr qilindi. Ularni suratga olgan — Frenk Xeyns[ingl.].

Hozir Yellouston sharsharalari sayyohlar orasida mashhur diqqatga sazovor maskan hisoblanadi. Yuqori sharsharaning bevosita yonida Chittenden[ingl.] ko‘prigi qurilgan; Quyi sharsharaga esa quyidagi so‘qmoq olib boradi: «Tom amaki so‘qmog‘i[ingl.]».

Galereya