| Poliuriya | |
|---|---|
| | |
| XKT-11 | MF55 |
| XKT-10 | R35 |
| XKT-10-KM | R35 |
| XKT-9 | 788.42 |
| XKT-9-KM | 788.42 |
| DiseasesDB | 10369 |
| MedlinePlus | 003146 |
| MeSH | D011141 |
Poliuriya (qadimgi yunoncha πολυ- — «ko‘p» va οὖρον — «siydik») — me’yordan ortiq siydik ajralishidir. Kattalarda poliuriya kuzatilganda, sutkalik me’yor 1000—1500 ml bo‘lishiga qaramay, organizmdan 1800—2000 ml dan ortiq, ba’zan esa 3 l dan ko‘proq siydik ajraladi.
Poliuriya siyishning tez-tezlashishi bilan ham kechishi mumkin. Biroq uni tez-tez siyish holati bilan adashtirmaslik kerak, chunki haqiqiy tez-tez siyishda har safar oz miqdorda siydik ajraladi.
Poliuriyaning fiziologik sabablari
Kasallikning asosiy fiziologik sababi — qayta so‘rilish jarayoni: suvning buyrak naychalarida qayta so‘rilishining kamayishidir. Natijada suv organizm tomonidan qayta so‘rilmaydi — buning oqibatida siydikning nisbiy zichligi pasayadi.
Tashqi sabablar va hamroh kasalliklar
Poliuriya quyidagi kasalliklarning yetakchi belgisidir: dekompensatsiyalangan yoki ilk bor aniqlangan qandli diabet, qandsiz diabet, birlamchi giperparatireoz, birlamchi giperaldosteronizm.
Poliuriya doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Doimiy poliuriya buyrak kasalliklari yoki ichki sekretsiya bezlari kasalliklari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Poliuriya ba’zan siydik haydovchi dorilar bilan davolash natijasida ham yuzaga keladi. Yashirin yoki ko‘zga ko‘rinadigan shishlar kamayganda ham vaqtinchalik poliuriya kuzatiladi.
Vaqtinchalik poliuriya quyidagi xurujlarning belgisi bo‘lishi mumkin: gipertonik kriz, xurujli taxikardiya va diensefalik kriz. Shuningdek, vaqtinchalik poliuriya ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, masalan, pivo, kvas yoki gazlangan suv. Poliuriya solyarit tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Solyarit — kindik va xanjarsimon o‘simta oralig‘ida joylashgan nerv chigalining degenerativ-yallig‘lanish kasalligidir.
Poliuriya sabablarini differensial tashxislash uchun suyuqlikdan mahrum qilish sinovi o‘tkaziladi. Bu poliurik sindromlarni differensial tashxislashning eng keng tarqalgan va ishonchli usulidir.