Piskom tog‘ tizmasi

Piskom tizmasi
oʻzb. Piskom tizmasi, qirgʻ. Pskem qirqa toosu
Вершина Амира Тимура, вид из посёлка Пскем
Amir Temur choʻqqisining Piskom shaharchasidan koʻrinishi
Xususiyatlari
Uzunligi
  • 126 km
Kengligi31 km
Eng baland nuqtasi
Mutlaq balandligi4299 m
Joylashuvi
41°45′23″ sh. k. 70°22′31″ sh. u.HGЯO
Mamlakatlar
Togʻ tizimiTyanshan 
Узбекистан
Красная точка
Piskom tizmasi
Piskom tizmasi Toshkent viloyatining orografik xaritasida

Piskom tizmasi (oʻzb. Piskom tizmasi,qirgʻ. Pskem qirqa toosu) — togʻ tizmasi boʻlib, Gʻarbiy Tyanshanda, Oʻzbekiston (Toshkent viloyati) hamda Qirgʻiziston hududlarida joylashgan. U Talas Olatovining bir tarmogʻi. Tizma ohaktoshlardan, slanetslardan va granitlardan tashkil topgan. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga tomon choʻzilgan boʻlib, uzunligi taxminan 160 km, eng baland nuqtasi — 4299 metr (Beshtor togʻi), oʻrtacha balandligi — 3200 metr.

Tavsifi

Tizma yonbagʻirlarida ignabargli va keng bargli daraxtlardan iborat aralash oʻrmonlar, shuningdek, archali siyrak oʻrmonlar va alp oʻtloqlari uchraydi. Piskom daryosi boʻylab terakzorlar va butazorlar mavjud.

Janubi-sharq tomondan Piskom daryosi vodiysini chegaralaydi. Tizma bir tomondan Piskom daryosi, ikkinchi tomondan esa Koʻksuv, Sandalash va Chotqol daryolari orasidagi suvayirgʻich hisoblanadi. Balandligi janubi-gʻarbga tomon pasayib boradi. Asosiy choʻqqilari: Beshtor — 4299 m (tizmaning eng baland nuqtasi), Aktyuyaulgen — 4224 m, Tavalgan — 3888 m, Piyozak — 3718 m.

Beshtor togʻi tarmogʻidagi Termetashsoy oʻzanida joylashgan muzlik

Piskom tizmasining togʻ vodiylarida, daryolarning yuqori oqimlarida muzliklar mavjud.

Adabiyotlar