| Peshona bo‘lagi | |
|---|---|
| | |
| Qismi | Oxirgi miya |
| Kataloglar | |
Peshona bo‘lagi (lot. Lobus frontalis) — katta yarimsharlar po‘stlog‘ining orqa tomondan markaziy egat orqali tepa bo‘lagidan va pastki tomondan lateral egat orqali chakka bo‘lagidan ajralib turadigan tuzilmasidir. Peshona bo‘lagi sohasida ongli harakatlar, shuningdek, yozish va gapirish qobiliyati uchun mas’ul markazlar joylashgan.
Vazifalari
Bosh miyaning peshona bo‘lagi qaror qabul qilish, ixtiyoriy harakatlarni bajarish, ularni tashkil etish va rejalashtirish, shuningdek, murakkab intellektual jarayonlarni (nutq, masalalarni yechish, kelajakni rejalashtirish) nazorat qilish uchun mas’uldir.
Peshona bo‘laklarining shikastlanishi muammolarni hal qilish, harakatlarni rejalashtirish va ularni amalga oshirishga kirishish qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi. Bosh miya peshona bo‘laklarining keng ko‘lamli (asosan, ikki tomonlama) zararlanishi shaxsiyat va xulq-atvorning sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keladi.
Anatomiyasi
Old tomonda markaziy egat (lot. sulcus centralis) bilan parallel ravishda markazoldi egati (lot. sulcus precentralis) o‘tadi; pushtalar vertikal joylashgan markazoldi pushtasini (lot. gyrus precentralis) chegaralab turadi. Markazoldi egatidan uzunasiga yuqori va pastki peshona egatlari davom etadi, ular orasida yuqori, o‘rta va pastki peshona pushtalari joylashgan. Pastroqda joylashgan lateral egat pastki peshona pushtasi ichiga kirib, uni uch qismga ajratadi: qopqoq qismi (lot. pars opercularis), uchburchak qismi (lot. pars triangularis), ko‘z kosasi qismi (lot. pars orbitalis).
Adabiyotlar
- Prives M. G., Lisenkov N. K., Bushkovich V. I. Odam anatomiyasi. — 11-nashr, qayta ishlangan va to‘ldirilgan. — Sankt-Peterburg: «Gippokrat» nashriyoti, 2001. — B. 704 bet: rasmlar bilan. — ISBN 5-8232-0192-3.
- Sapin M. R., Sivoglazov V. I. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi (bola organizmining yoshga xos xususiyatlari bilan). — 3-nashr, stereotip (o‘zgartirishsiz). — Moskva: «Akademiya» nashriyot markazi, 2002. — B. 448 bet: rasmlar bilan. — ISBN 5-7695-0904-Х.
- Sinelnikov R. D., Sinelnikov Ya. R., Sinelnikov A. Ya. Odam anatomiyasi atlasi: o‘quv qo‘llanma: 4 jildda. 4-jild. — 7-nashr, qayta ishlangan. — Moskva: «Novaya Volna» nashriyoti, 210. — B. 312 bet: rasmlar bilan. — ISBN 5-7864-0202-6.