Palliativ davolash nima

Xizmatkor ayol shamollab qolgan xo‘jayiniga dori-darmon va sho‘rva olib keldi
Jeyms Kollinson, litografiya, 1857

Terapiya (qad. yunoncha θερᾰπεία «tibbiy parvarish, davolash») — jarayon, uning maqsadi kasallik yoki jarohatni, patologik holatni yoki hayot faoliyatining boshqa buzilishlarini bartaraf etish, hayot faoliyatining buzilgan jarayonlarini me’yorga keltirish, salomatlikni tiklash va yaxshilashdan iborat.

Terapevtik yondashuvlar

  • Patogenetik terapiya kasallikning rivojlanish mexanizmlariga qaratilgan. U etiotrop terapiyani qo‘llash imkoni bo‘lmaganda qo‘llanadi (masalan, o‘rnini bosuvchi terapiya sifatida insulin bilan davolash qandli diabetda qo‘llanadi, chunki bu gormon oshqozonosti bezida yetarli miqdorda ishlab chiqarilmaydi va tibbiyotning hozirgi rivojlanish darajasida ushbu funksiyani tiklash imkoni yo‘q).

  • Simptomatik (palliativ) terapiya kasallikning ayrim simptomlarini bartaraf etish uchun qo‘llanadi (masalan, analgetiklar og‘riq paytida, isitma tushiruvchi preparatlar «yuqori harorat» kuzatilganda qo‘llanadi va hokazo). U etiotrop va patogenetik terapiyaga qo‘shimcha ravishda qo‘llanishi mumkin.
Kasallikni butunlay davolash imkoni bo‘lmaganda (onkologik kasallikning terminal bosqichida va hokazo) simptomatik terapiya davolashga oid va ijtimoiy tadbirlar majmuasi doirasida amalga oshiriladi. Bu majmua palliativ yordam deb ataladi.

Konservativ davolash

Konservativ (jarrohlik amaliyotisiz) davolash (terapiyaning o‘zi) kimyoviy, fizik va biologik usullar yordamida amalga oshiriladi.

Kimyoviy va biologik usullar

Kimyoviy va biologik usullar bemor organizmiga ta’sir ko‘rsatishning asosiy konservativ usullaridir. Ularga quyidagilar kiradi:

va boshqa, kamroq qo‘llanadigan usullar.

Fizik usullar

Davolashning konservativ fizik usullariga fizioterapiya, massaj va davolovchi jismoniy tarbiya, gidroterapiya kiradi. Ko‘p hollarda bu usullar yordamchi ahamiyatga ega. Fizik usullarga elektromagnit va tovush nurlanishlari yordamida organizmga ta’sir ko‘rsatish ham kiradi:

Jarrohlik yo‘li bilan davolash

Jarrohlik yo‘li bilan davolash rasman ichki kasalliklar tibbiyoti (terapiya) doirasidan tashqariga chiqadi. U konservativ davolash imkoni bo‘lmaganda yoki uning samaradorligi past bo‘lganda qo‘llanadi.

Jarrohlik aralashuvi davolashning (terapiyaning) alohida bir turi bo‘lib, davolash dasturi nuqtayi nazaridan zarur bo‘lganda qo‘llanishi lozim.

Adabiyotlar