| Nubiya cho‘li | |
|---|---|
| arab. Nubiya sahrosi (صحراء النوبة) | |
Cho‘lning kosmosdan olingan surati | |
| Xususiyatlari | |
| Mutlaq balandligi | 500 m |
| Maydoni | 1 240 000 km² |
| Suv resurslari | |
| Daryolar | Nil |
| Joylashuvi | |
| 20°30′ sh. k. 33°00′ shq. u.HGYaO | |
| Mamlakatlar | |
Nubiya cho‘li (arab. Nubiya sahrosi (صحراء النوبة), En-Nuba) — cho‘l bo‘lib, Afrikadagi Sahroning sharqiy qismida joylashgan. U Nil bilan Etbay tog‘ tizmasi oralig‘ida joylashgan; shimolda (22° sh. k.) Arabiston cho‘liga tutashadi. Maydoni — 1 240 000 km² (dunyodagi eng yirik cho‘llardan biri). Hududining katta qismi Sudanda, kichik qismi esa Misrning janubida.
Relyef
Relyefda sharqdan g‘arbga tomon 1000 metrdan 350 metrgacha pog‘onama-pog‘ona pasayib boradigan platolar ustunlik qiladi; cho‘lning g‘arbida balandligi 1240 metrgacha yetadigan yakka tog‘lar uchraydi. Sharqda Nubiya–Arabiston qalqonining qadimiy tog‘ jinslari va nubiya qumtoshlari yer yuzasiga chiqib yotadi, cho‘lning g‘arbida esa ular qumlar ostida yashiringan. Platolar keng vodiylardan o‘tuvchi quruq daryo o‘zanlari (vadilar) bilan kuchli parchalangan. Dengiz sathidan o‘rtacha balandligi — 500 metr; eng baland nuqtasi balandligi 2259 metr bo‘lgan Oda tog‘idir.
- Arabiston cho‘li (shimolda), Nubiya cho‘li (janubda)
Hayvonot va o‘simlik dunyosi
O‘simlik qoplami siyrak. Asosan kserofit boshoqli o‘tlar, akatsiya, tamarisk, tikanli butalar va chala butalar, dum palmalari o‘sadi. Hayvonot dunyosida ayniqsa sudralib yuruvchilar (gekkonlar, zaharli ilonlar, stsinklar, cho‘l varanlari va kaltakesaklar) ko‘p uchraydi; Nil bo‘ylarida timsohlar, ibislar, chiyabo‘rilar va giyenalar yashaydi.
Iqlimi
Cho‘l iqlimi quruq tropik, issiq va kontinental. Iyul oyining o‘rtacha harorati — +30 °C, yanvarniki +15 °C. Eng yuqori harorat +53 °C ga yetadi. Qishda sovuq tunlar tez-tez uchraydi. Yillik yog‘in miqdori 25 mm dan oshmaydi, ayrim yillari esa umuman yog‘in yog‘maydi.
Aholisi
Cho‘l hududida har ikki mamlakatda istiqomat qiluvchi aholi soni taxminan 2—2,5 million kishi deb baholanadi. Asosiy etnik guruhlar: nubiyaliklar, arablar, berberlar, nilotlar, qibtiylar. Asosiy diniy guruhlar: sunniy musulmonlar, qibtiy xristianlar. Asosiy tillar: arab tili, ingliz tili, nilot tillari, nubiya tili, beja tili, qibtiy tili. Nubiya cho‘li orqali Afrikani kesib o‘tuvchi Qohira–Keyptaun avtomobil yo‘li.
Havolalar
- Nubiya cho‘li // Nikko — Otolitlar. — M. : Sovet ensiklopediyasi, 1974. — B. 144. — (Katta sovet ensiklopediyasi : [30 jildda] / bosh muharrir A. M. Proxorov ; 1969—1978, j. 18).
- Nubiya cho‘li. geosfera.info. Murojaat qilingan sana: 13-aprel 2011-yil. Arxivlangan 18-fevral 2012-yilda.
- Nubiya cho‘li (ishlamaydigan havola — tarix). Zamonaviy geografik nomlar lug‘ati. Murojaat qilingan sana: 13-aprel 2011-yil.