
n-tipli yarimo‘tkazgich — yarimo‘tkazgich, unda asosiy zaryad tashuvchilar — o‘tkazuvchanlik elektronlari
n-tipli yarimo‘tkazgich hosil qilishda xususiy yarimo‘tkazgichni legirlash donor atomlar yordamida amalga oshiriladi. Odatda bunday atomlarning valent qobig‘ida legirlanayotgan yarimo‘tkazgich atomlariga qaraganda bitta elektron ortiq bo‘ladi. Harorat juda past bo‘lmaganda elektronlar ancha yuqori ehtimollik bilan donor sathlaridan o‘tkazuvchanlik zonasiga o‘tadi. Bu zonada elektronlarning holatlari lokallashmagan bo‘lib, ular elektr tokiga hissa qo‘sha oladi.
O‘tkazuvchanlik zonasidagi elektronlar soni donorlar konsentratsiyasi, donor sathlarining energiyasi, yarimo‘tkazgichdagi taqiqlangan zonaning kengligi, harorat hamda o‘tkazuvchanlik zonasidagi sathlarning samarali zichligiga bog‘liq.
Odatda yarimo‘tkazgich 1013−1019 donor/sm3 miqdorida legirlanadi. Donorlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lganda yarimo‘tkazgich degeneratsiyalangan holatga o‘tadi.
Adabiyotlar
- Gorelik S. S., Dashevskiy V. Ya. Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar materialshunosligi: oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. — M.: MISIS, 2003. — 480 b. — ISBN 5-87623-018-7.