Molekulyar massa (eskirgan nomi — molekulyar og‘irlik) — massa, ya’ni molekulaning massasi. Uning mutlaq molekulyar massasi (odatda atom massa birliklarida ifodalanadi) va nisbiy molekulyar massasi farqlanadi. Nisbiy molekulyar massa — molekula massasining uglerod atomi massasining 1/12 qismiga nisbatini ifodalovchi o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, bunda uglerodning 12C izotopi nazarda tutiladi (belgisi: Mr, ingl. relative).
Molekulyar massa a. m. b.da ifodalanganda, uning son qiymati nisbiy molekulyar massaning son qiymatiga hamda molyar massaning g/mol da ifodalangan son qiymatiga teng bo‘ladi. Biroq molyar massa bilan molekulyar massa o‘rtasidagi farqni aniq tushunish lozim: ular faqat son jihatidan teng, o‘lchamliligi esa turlicha.
Nisbiy molekulyar massalar murakkab molekulalar uchun tarkibiy elementlarning nisbiy atom massalarini qo‘shish orqali aniqlanadi. Masalan, suvning (H2O) nisbiy molekulyar massasi quyidagicha:
bu yerda
- — nisbiy molekulyar massa,
- — nisbiy atom massasi.
Havolalar
- MOLEKULYAR MASSA chemport.ru saytida.