Metallar tabiatda erkin holda (Au, Ag, Cu, Fe, Hg) va turli birikmalar (oksidlari, sulfidlari va boshqa tuzlari) holida tarqalganlar. Metallarni olish, ular asosida turli qotishma va maxsus birikmalar ishlab chiqarish bilan kimyo sanoatining oʻziga xos sohasi metallurgiya shugʻullanadi.

Metallurgiya deb, kimyo sanoatining tabiiy manbalar va rudalardan metallarni olish va qayta ishlash bilan shug'ullanadi- gan sohasiga aytiladi. Metallurgiya qora (temir va uning asosidagi qotishmalar) va rangli metallurgiyaga bo'linadi.
Rangli metallurgiya yengil, noyob va og'ir metallar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Hozirgi vaqtda metallurgiya sanoati yordamida 75 xil metall va ular asosidagi turli qotishmalar ishlab chiqarilayapti.
Metallurgiya metallarni olish usullariga koʻra: pirometallurgiya, gidrometallurgiya va elektrometallurgiya turlariga bo'linadi. Keyingi vaqtda biometallurgiya turi ham rivojlanmoqda.
Tarkibida ajratib olinadigan metall saqlagan qazilma boylik - ruda deyiladi. Rudaning asosiy moddadan tashqari qismi bekorchi aralashma bo'lib, ularga: qum tuproq, loy, ohaktosh kabilar kiradi.
Rudanining suyuqlanish temperaturasini kamaytirish uchun qo'shiladigan qo'shimcha flyus deyiladi. Flyus bekorchi aralashmalar bilan oson suyuqlanuvchi aralashma chiqarib yuboriladi. Agar bekorchi aralashma qum shlak hosil qiladi va boʻlsa, flyus-ohaktosh (CaCO3) bo'ladi va aksincha. Ikkala holda ham shlak CaSiO3 holida chiqarib yuboriladi.
Agar ruda tarkibida ajratib olinadigan metall miqdori kam bo'lsa, ruda boyitiladi yoki konsentrlanadi. Uning flotatsion, gravitatsion va magnit usullari mavjud.
Flotatsion usulda rudaga sirt aktiv xossaga ega bo'lgan modda flotareagent qo'shiladi. Bu modda ruda bilan aralashma hosil qilib uning sirtini namlanishdan saqlab, suv va havo oqimi ta'sirida ko'pik hosil qilib, sirtida ruda zarrachalarini suvning sirtiga ko'tarib chiqadi, bekorchi jinslar cho'kadi. Suv sirtidagi boyitilgan ruda ajratib olinadi.
Flotareagentlar tarkibida qutbsiz va qutbli atomlar gruppalari saqlagan organik sirt aktiv moddalardir. Masalan, stearin C17H35—COOH va palmitin C15H31—COOH kislotalari. (C17H35—, C15H35— qutbsiz, - COOH qutbli gruppalar).
Gravitatsion usul turli o'lchamli ruda zarrachalarining zichligi (og'irligi) har xilligidan foydalanib, suyuqliklar bilan aralashmalari (suspenziyalari)da ruda zarrachalarining turlicha cho'kishiga asoslangan boyitish usulidir. Magnitli usul magnitga tortiluvchi (yoki magnit bilan ta'sirlashmaydigan) zarrachalarga magnit maydoni ta'sir ettirib ajratishga asoslangan usuldir.

Chirchiq shahrida "Oʻtga chidamli va qiyin eruvchan metallar" korxonasi Mo, W, Co, Ni metallarini olish va ular asosida turli qotishmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Olmaliq "Tog'-kon metallurgiya kombinati" turli rangli va noyob metallar (Cu, Zn, Au, Ag) olishga ixtisoslashgan. Navoiy "Tog'-kon metallurgiya-kombinati" noyob (Au, Ag) va radioaktiv metallar (uran va uning birikmalari) tutgan rudalarni boyitish, qayta ishlash va tarkibiy qismlarga ajratishga ixtisoslashtirilgan. Bekobod metallurgiya zavodi, Samarqand Cho'yan zavodidametallarva qotishmalami qayta ishlashjarayonlari olib boriladi.
