Kaliyli o'g'itlar haqida

Kaliyli o'g'itlar haqida

Kaliy elementi tirik organizmlarda assimilyatsiya va fotosintez jarayonlarida Ca+2, Mg+2 ionlari bilan birgalikda hujayradagi protoplazma kolloid holatini boshqarib turadi. Kaliyning miqdoriga organizmdagi kraxmal, qand, yog'lar, miqdori bog'liq boʻladi. Kartoshka, lavlagi, kungaboqar, beda, kanop, tamaki ekinlari kaliy elementiga kuchli ehtiyoj sezsalar, suli, bug'doy va arра kaliyga kamtalab ekinlardir. Yetishmayotgan kaliyning ko'p miqdori hayvonlar, qushlar, chiqindilari bilan qoplansada, bu etarli emas. Shu sababli kaliyli o'g'itlarga ehtiyoj katta.

Kaliy saqlagan tabiiy manbalar qatoriga yog'och va ekinlarning yonishidan hosil bo'lgan "kul" va kul suvlarini kiritish mumkin. Asosiy manba KCI saqlagan silvinit minerali bo'lib, undan galurgiya (tanlab eritish) va flotatsiya (boyitish) usuli bilan ajratib olinadi. Cl ortiqcha bo'lgan yerlarga K₂SO₄, K2HPO4, KNO3 holidagi o'g'itlar ishlatiladi. Kaliyli o'g'itlar oddiy va kompleks o'g'itlarga boʻlinadi.

Kaliyli o'g'itlar quyidagi asosiy turlarga bo'linadi:

Xloridli kaliy o'g'itlari:

  • Kaliy xlorid (KCl) yoki silliqkun
  • Karnallit (KCl·MgCl2·6H2O)
  • Suvutilgan karnallit

Sulfatli kaliy o'g'itlari:

  • Kaliy sulfat (K2SO4)
  • Patasha (K2SO4·MgSO4)
  • Polisulfat (K2SO4·2CaSO4)
  1. Nitratli kaliy o'g'itlari:
  • Kaliy nitrat (KNO3)
  1. Kompleks kaliy o'g'itlari:
  • NPK o'g'itlari (azot, fosfor va kaliyni o'z ichiga oladi)
  • PK o'g'itlari (fosfor va kaliydan iborat)
  • NK o'g'itlari (azot va kaliydan iborat)

Kaliy xloridi eng keng tarqalgan va arzon kaliy o'g'itidir. Sulfatli kaliy o'g'itlari tuproqning reaksiyasiga ta'sir ko'rsatmaydi va ba'zi paxtachilik hududlarida qo'llaniladi. Kaliy nitrat nisbatan qimmatroq, lekin azot ham beradi. Kompleks o'g'itlar bir necha oziq modda elementlarini birlashtiradi.

O'g'it turlari tuproq sharoitlari, o'simlik turlari va xo'jalik maqsadlariga qarab tanlanadi. Kaliyli o'g'itlar o'simliklarning hosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash va kasalliklarga chidamliligini oshirishda muhim rol o'ynaydi.

O'g'it ishlab chiqarishda hozirgi zamon muammolari quyidagilardan iborat:

— Ko'p miqdordagi tonnalab o'g'itlarni tashish jarayonida ular isrof bo'ladi, shu maqsadda o'g'it tashish bilan bog'liq transportlarni, o'g'itlarni qadoqlash turlarini mukammallashtirish va suyuq o'g'itlarni quvurlar orqali yetkazish usullarini ishlab chiqish;
— O'g'itlarning sifatini oshirish, ulardagi ozuqa elementlari miqdorini ko'paytirish, oddiy o'g'itlar o'rniga kompleks o'g'itlardan foydalanishni kengaytirish, tarkibida mikroelementlar bilan birga biostimulyatorlarni tutgan turlarini ishlab chiqarish;
— Sekinlik bilan o'zlashtiriladigan va konsentrlangan suyuq fosfatli o'g'itlar ishlab chiqarish bilan ishchi kuchi va iqtisodiy tejamkorlik masalalarini hal qilish. Prolongirlangan (karbamiddiformaldegid) va sirti polimer moddalar bilan kapsulalangan o'g'itlar turini va ishlab chiqarishni ko'paytirish;
— Tuproq va o'g'it tarkibidagi azot elementining yo'qolishi (denitrifikatsiya) ni ingibitorlar ta'sirida kamaytiruvchi vositalar ishlab chiqarish.

— Polimikroelement (azot, fosfor, kaliy, magniy, bor, rux, molibden, marganes, mis)lar saqlagan kompleks o'g'itlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

Respublikamizda o'g'itlar va ularni ishlab chiqarish muammolari bilan O'zbekiston FA Umumiy va anorganik kimyo institutida akademik M. N. Nabiyev (1915-1995) boshchiligi-da asos solingan yirik bo'lim shug'ullanadi. Bu ilm dargohida akademiklar S. A. To'xtayev, B. M. Beglov, professor Sh. S. Namozov, kimyo fanlari doktori A. Erkayev kabi taniqli olimlar va ularning shogirdlari faol izlanishlar olib borishayapti. Ularning izlanishlari samaralari Chirchiq, Samarqand, Navoiy, Qo'qon, Olmaliq mineral o'g'itlar zavodlarida qo'llanilishi tufayli ko'p tonnali mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va res- publikamiz iqtisodiga salmoqli hissa qo'shilmoqda