
Issiqlik harakati — moddani tashkil etuvchi zarrachalarning xaotik (tartibsiz) harakatlanishi jarayonidir. Bu zarrachalar moddani tashkil etadi. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, zarrachalarning harakat tezligi shuncha katta bo‘ladi. Ko‘pincha atomlar va molekulalarning issiqlik harakati o‘rganiladi.
Zarrachaning issiqlik harakatiga xos tezligini Maksvell taqsimotidan aniqlash mumkin.
Tartibsizlik — issiqlik harakatining eng muhim xususiyatidir. Molekulalar harakatlanishini tasdiqlovchi eng muhim dalillar Broun harakati va diffuziya.