Barcha elektrolitlar oʻzaro aralashtirilsa yoki ularga boshqa moddalar ta'sir ettirilsa ion almashinish reaksiyalari sodir bo'ladi. Ion almashinish reaksiyalari quyidagi hollarda amalga oshadi, ya'ni oxirigacha boradi.
- Kam dissotsilanuvchi moddalar yoki suv hosil boʻlsa:
a) HNO3 + KOH = KNO3 + H2O (molekulyar tenglama).
Bu reaksiyani ionli koʻrinishda yozamiz:
H++NO3- + K+ + OH- = K++ NO3- + H₂O (to'liq ionli tenglama)
Tenglamaning ikkala tomonida ham mavjud bo'lgan ionlarni qisqartirib yozamiz. Chunki ion almashinish jarayonida ular ishtirok etmaydi.
H+ + OH- → H₂O (qisqa ionli tenglama)
Bu tenglama shu reaksiyaning mohiyatini, ya'ni reaksiya aynan qaysi ionlar o'rtasida borishini ko'rsatadi.
H+ va OH- ionlarining o'zaro birikib H₂O (pH = 7) hosil qilish reaksiyasi neytrallanish reaksiyalari deyiladi. Bu reaksiyalardan foydalanib eritmalardagi kislota, ishqor va gidrolizlanadigan tuzlar (Na2CO3, NaHCO3, …) miqdori aniqlanadi. Bu usul neytrallash yoki kislota-asos titrlash usullari deyiladi:
b) HCl + NaOH = NaCl + H₂O reaksiyasi
H+ + Cl- + Na+ + OH- = Na+ + Cl- + H₂O yoki
H+ + OH- → H₂O boʻladi. (kuchsiz elektrolit)
d) CH3COONa + HCl = CHCOOH + NaCl reaksiyasi-
CH3COO- + Na+ + H+ + Сl- = CH3COOH + Na+ + Сl-
2. Kam eriydigan modda (cho'kma)lar hosil bo'lsa yoki cho'kma erisa:
a) BaCl₂ + Na₂SO₄ = BaSO4 + 2NaCl (cho'kma hosil boʻlishi) Ba+2+2CI- + 2Na+ + SO2-2 = BaSO4↓ + 2Na+ + 2CI-
b) CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + H2CO3(H2O + CO2)
(cho‘kma erishi)
CaCO3 + 2H+ = Ca+2 + H2O + CO2
- Gazsimon moddalar hosil bo‘lsa:
a) Na2S + 2HCl = 2NaCl + H2S↑
2Na+ + S-2 + 2H+ + 2Сl- = 2Na+ + 2Сl- + H2S↑
4. Kompleks birikma (ion)lar hosil boʻlsa:
a) AgCl - yomon eriydigan modda konsentrlangan HCl da eriydi, chunki bu eritmada quyidagi ion almashinish reaksiyasi boradi:
AgCl↓ + HCl(kons) = H[AgCl2]
AgCl↓ + H+ + Сl- = H++ [AgCl2]-
AgCl↓ + Сl- = [AgCl2]-
5. Shuningdek, HgJ2 va KJ eritmalari aralashtirilganda ham:
HgJ2↓ + 2KJ = K2[HgJ4]
HgJ2↓ + 2K+ J- = K-2 + [HgJ4]-2
Ion almashinish reaksiyalari borish-bormasligi, qanday moddalar hosil boʻlishi, qaysi moddalar eruvchan, qaysilari erimaydigan degan savollarga javob olish uchun "Moddalarning eruvchanlik jadvali" (ilova) dan foydalanish kerak.
Keng tarqalgan ion almashinish reaksiyalari qatoriga tuzlarning gidrolizlanishi ham kiradi.