Kislotalar, gidroksidlar va tuzlarning dissotsilanishi

Kislotalar

Dissotsilanganda kation sifatida H+ ionlari va anion sifatida kislota qoldig'i ionlarini hosil qiluvchi elektrolitlarga kislotalar deyiladi.
Kislotalar tarkibiga ko'ra quyidagicha ionlanadilar:

  • HCl ⇆2H+ + CI-
  • HNO3 ⇆ H+ + NO3-

H2SO3 ⇆ H+ + HSO3- kuchsiz kislota boʻlgani uchun keyingi bosqich bormaydi.

H₂SO₄ ⇆ H+ + HSO₄-, HSO₄- ⇆ H+ + SO₄-2

bu kislota tarkibida 2 ta vodorod atomi bo'lgani uchun ikki bosqichda ionlanadi. Kislota tarkibida H — atomi soni ortishi bilan, dissotsilanish bosqichi soni ham ortadi:

H3PO4 ⇆ H+ + H2PO4- ; H2PO4 ⇆ H+ + HPO4-2

HPO4-2 ⇆ H+ + PO4-3 oxirgi bosqichda juda kam ionlanadi.

Kislotalarning barchasi eritmasida umumiy H+ kationi hosil bo'ladi. Bu ion suv molekulasi bilan birikib H+ + H₂O ⇆ [H₂O]+ gidroksoniy kationini hosil qiladi. Bu ionda H+ ioni bilan H₂O molekulasi donor- akseptor bog'i orqali bog'langan. Kislotalar eritmalarida H+ bo'lgan uchun lakmus qizil rangga
kiradi.

Gidroksidlar

Dissotsilanganda metall kationi va gidroksil anioni (OH) hosil qiluvchi elektrolitlar gidroksidlar deyiladi. Gidroksidlar quyidagicha ionlanadilar.

NaOH ⇆ Na+ + OH-

Ca(OH)2 ⇆ CaOH+ + OH-, CaOH+ ⇆ Ca2+ + OH-

KOH ⇆ K+ + OH-

Suvda yaxshi erib ko'p dissotsilanadigan gidroksidlarni ishqorlar deyiladi. Ularning eritmalari lakmusni ko'k rangga boʻyaydi. Suvda kam dissotsilanadigan gidroksidlar asoslar deyilib, ularga quyidagilar misol bo'ladi:

NH4OH ⇆ NH4+ + OH-;

Cu(OH)2 ⇆ CuOH+ + OH-;

Fe(OH)3 ⇆ Fe(OH)2+ + OH-;

Mg(OH)2 ⇆ MgOH+ + OH-;

Tuzlar

Dissotsilanganda metall kationi va kislota qoldig'i anionlariga ajraladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi. Suvda yaxshi eruvchan tuzlar to'liq dissotsilanadi:

NaCl ⇆ Na+ + Cl-;
KNO3 ⇆ K+ + NO3-;
FeCl2 ⇆ Fe2+ + 2Cl¯;
Al2(SO4)3 ⇆ 2Al3+ + 3SO4-;

Ko'rinib turibdiki, tuzlar kislota va gidroksidlardan farqli ravishda bosqichsiz ionlanadilar. Suvda yomon eriydigan tuzlar kam eriganligi sababli kam dissotsilanadilar. Ular eritmalarida dissotsilanish muvozanati molekula hosil boʻlish tomonga siljigan bo'ladi:

AgCl2 ⇆ Ag+ + Cl-.