Hid bilish piyozchasi

Hid bilish piyozchasi (lot. bulbus olfactorius) — hid bilish miyasining bir qismi bo‘lib, juft tuzilma hisoblanadi. U ikkinchi tartibdagi neyronlarning tanalaridan tashkil topgan; bu neyronlar bipolyar turga mansub va hid bilish analizatoriga tegishli. Hid bilish nervining tolalari shu yerda tugab, sinaptik kontaktlar (koptokchalar) hosil qiladi. U kalla suyagi ichidagi bo‘shliqda, yuqoridagi peshona bo‘lagi va quyidagi g‘alvirsimon suyakning g‘alvirsimon plastinkasi orasida joylashadi. Shu plastinkaning teshigi orqali unga burunning hid bilish sohasidagi nerv tolalari kiradi, orqa tomondan esa u hid bilish traktiga davom etadi. Hid bilish piyozchasining birlamchi proyeksiya sohasi efferent yo‘llar orqali oldingi miya va oraliq miya markazlari bilan bog‘langan.

Tuzilishi

Ko‘pchilik umurtqali hayvonlarda hid bilish piyozchasi miyaning eng oldingi qismi hisoblanadi.

Adabiyotlar

Havolalar