Gamma-glutamiltransferaza (GGT) nima

Gamma-glutamiltransferaza (GGT; sinonimi — gamma-glutamiltranspeptidaza, GGTP, KF 2.3.2.2.) — ferment bo‘lib, aminokislotalar almashinuvida faoliyat ko‘rsatadi. Gamma-glutamil qoldig‘ining gamma-glutamil-peptiddan aminokislotaga, boshqa peptidga yoki gidroliz jarayonida suvga ko‘chirilishini katalizlaydi. Asosan buyraklarda (GGT darajasi qon zardobidagidan 7000 marta yuqori), jigarda (200—500 marta yuqori) va oshqozonosti bezida. Hujayralarda membranada, lizosomalarda va sitoplazmada joylashadi..

Qonda GGT darajasi oshishi kuzatiladigan patologik holatlar:

γ-glutamiltransferaza faolligini L-γ-glutamil-p-nitroanilin substrati yordamida aniqlash

Gamma-glutamiltransferaza glutamil qoldig‘ini L‑γ‑glutamil-p‑nitroanilindan dipeptid-akseptor — glitsilglitsinga o‘tkazadi; glitsilglitsin ayni paytda bufer vazifasini ham bajaradi. Reaksiya muhitini kislotalash orqali to‘xtatilgandan keyin ajralib chiqqan 4‑nitroanilin konsentratsiyasi kolorimetrik usulda o‘lchanadi.

Qondagi GGTning me’yoriy darajasi

Katta yoshli erkaklarda — 8—61 МЕ/л, katta yoshli ayollarda — 5—36 МЕ/л. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra: erkaklarda — 10,4—33,8 МЕ/л, ayollarda — 8,8—22,0 МЕ/л (bu tafovut turli usullar va turli uskunalardan foydalanish bilan izohlanadi; amaliyotda tekshiruvni o‘tkazayotgan laboratoriya belgilagan ichki standartlarga amal qilinadi).

Bolalarda:

  • 1 kun — <151 МЕ/л;
  • 2—5 kun — <185 МЕ/л;
  • 6 kun — 6 oy — <204 МЕ/л;
  • 7—12 oy — <34 МЕ/л;
  • 1—3 yil — <18 МЕ/л;
  • 4—6 yosh — <23 МЕ/л;
  • 7—12 yosh — <17 МЕ/л;
  • 13—17 yosh (qizlar) — <33 МЕ/л;
  • 13—17 yosh (o‘g‘il bolalar) — <45 МЕ/л.

Havolalar