| Di Georg sindromi | |
|---|---|
| Kompyuter tomogrammasi: bosh miya — Di Georg sindromi bo‘lgan bemorda bazal gangliylar kalsifikatsiyasi va periventrikulyar kalsifikatsiya aniqlangan. (Tonelli va hammualliflarning 2007-yildagi materiallari asosida). | |
| KXT-11 | LD44.N0 |
| KXT-10 | D82.1 |
| KXT-10-KM | D82.1 |
| KXT-9 | 279.11, 758.32 |
| KXT-9-KM | 279.11 |
| OMIM | 188400 |
| DiseasesDB | 3631 |
| eMedicine | med/567 ped/589 derm/716 |
| MeSH | D004062 |
Di Georg sindromi (Di Jorj sindromi, Di Jorji sindromi, 3-4-jabra yoylari disembriogenezi sindromi, timus va qalqonsimon bez oldi bezlarining tug‘ma aplaziyasi, 22q11.2 sindromi, CATCH 22 fenotipi) — idiopatik izolyatsiyalangan gipoparatireozning bir turi; kam uchraydigan tug‘ma kasallik. Di Georg sindromining genetik sababi — 22-xromosomaning (22q11.2) uzun yelkasi markaziy qismining 1,5—3 mln juft nukleotidga teng deletsiyasi (yo‘qolishi)dir. Biroq xuddi shunday klinik belgilar boshqa xromosomalardagi deletsiya bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar ham ma’lum — 10р13, 17р13, 18q21 va boshqalar. Aksariyat hollarda deletsiya meyoz vaqtida, spermato- yoki ovogenez jarayonida yuz beradi. Faqat 5—10 % hollarda nuqsonli xromosoma autosoma-dominant tarzda irsiylanadi. Sindromda ageneziya yoki disgenez paratireoid (qalqonsimon bez oldi) bezlarda kuzatiladi. Shuningdek, aplaziya timusda (ayrisimon bezda) kuzatilib, u T-limfotsitlar sonining keskin kamayishiga va immunologik yetishmovchilikka olib keladi. Yirik qon tomirlarining tug‘ma anomaliyalari (aorta nuqsonlari, Fallo tetradasi).
Etiologiyasi va patogenezi

Ushbu sindromda klinik belgilarning rivojlanishiga eng ehtimoliy sabab — muvozanatlashmagan translokatsiya, deletsiya yoki mikrodeletsiyaning 22-xromosomada (22q11.2) yuz berishidir. Aksariyat holatlar sporadik bo‘lib, 22q11 deletsiyalari tufayli kelib chiqadi.
Kasallik 3—4-jabra cho‘ntaklari embrional kurtaklarining shikastlanishi natijasida rivojlanadi. Buning oqibatida qalqonsimon bez oldi bezlari va timusning shakllanishi buziladi. Irsiylanish turi to‘liq aniqlanmagan — ayrim mualliflar autosoma-dominant irsiylanish turi turli darajadagi ekspressivlik (belgilarning namoyon bo‘lish darajasi) bilan kechishini taxmin qiladilar.
Klinik ko‘rinishi
Kasallikning eng doimiy klinik belgilari — gipoparatireoz va kandidomikoz; burun, og‘iz va quloqlarning rivojlanish anomaliyalari ham kuzatiladi.
Kasallikka xos belgi — aplaziyaning timusda kuzatilishi bo‘lib, bu embrional davrda timus rivojlanishining buzilishi bilan bog‘liq. Timus epiteliysi T-hujayralarning normal rivojlanishini ta’minlay olmaydi. Natijada immunitet tanqisligining ushbu shakli mavjud bemorlarda ham hujayraviy, ham gumoral immun javob buziladi. Bunday immunitet tanqisligiga ega bolalar virusli, zamburug‘li va ayrim bakterial infeksiyalarga yuqori sezuvchan bo‘ladilar.
Sindrom izolyatsiyalangan holda qalqonsimon bez oldi bezlarining yetishmovchiligi yoki ushbu bezlarning (paratireoid bezlarning) tug‘ma yo‘qligi — gipokalsemik tirishishlar, chaqaloqlik davridan boshlab kuzatiladigan (tetaniya) — va ayrisimon bezning yetishmovchiligi yoki tug‘ma yo‘qligi (immunologik yetishmovchilik oqibatida turli infeksion kasalliklar) ko‘rinishida kechishi mumkin.
Tashxislash
Tashxis sindromga xos rivojlanish anomaliyalarini aniqlashga asoslanadi:
- ageneziya yoki disgenez — qalqonsimon bez oldi bezlarida;
- aplaziya — ayrisimon bezda;
- immunologik yetishmovchilik;
- kalla-yuz dismorfiyalari (mikrognatiya, gipertelorizm, ko‘z tirqishlarining tashqi burchaklari pastga yo‘nalganligi, lab va tanglay yoriqlari, quloq supralarining deformatsiyalanganligi va/yoki past joylashganligi).
Eng yaqqol belgilar — gipoparatireoz va kandidomikoz. Sindrom aorta nuqsonlari va Fallo tetradasi bilan birga uchrashi mumkin. Ba’zan — katarakta va chov churralari kuzatiladi. Qonda limfotsitopeniya, gipokalsemiya, gipogammaglobulinemiya aniqlanadi.
- Yuzni tanish texnologiyasi
Jumladan, Vashingtondagi Inson genomini o‘rganish milliy ilmiy-tadqiqot institutida (AQSH) Di Jorji sindromini tashxislashda qo‘llanadigan texnologiya — yuzni tanish.
Prognoz
Odatda bemorlar erta yoshda infeksion kasalliklar va yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etadilar.
Adabiyotlar
- Bred Smit, Kerol Braun. Axborot texnologiyalari qurol sifatida. Yuqori texnologiyalarning rivojlanishi qanday xavflarni yashiradi = Bred Smit, Kerol Enn Braun. Vositalar va qurollar: raqamli asrning istiqbollari va xavf-xatarlari (Tools and Weapons: The Promise and the Peril of the Digital Age). — M.: Alpina Pablisher, 2021. — 352 b. — ISBN 978-5-9614-4017-1.
Havolalar
Mediafayllar: Di Georg sindromi mavzusi bo‘yicha — Vikiomborda