Bulutli ma’lumotlar xotirasi

Bulutli saqlash tizimi (ingl. cloud storage) — ma’lumotlarni saqlash tarmog‘i, u bulutli hisoblash modeli asosida ishlaydi: ichki tuzilishi va texnik amalga oshirilish tafsilotlari foydalanuvchidan yashirilgan holda, ma’lumotlarni saqlash uchun joy ehtiyojga qarab ijaraga beriladi. Bulutli saqlash tizimlarining uchta asosiy turi mavjud: blokli (mijozlarga saqlash joyini blokli qurilma sifatida taqdim etadi, masalan, Amazon Elastic Block Store[ingl.]), obyektli saqlash tarmoqlari (alohida «obyektlar»ga HTTP API orqali kirish imkonini beradi, masalan, Amazon S3), faylli (virtual fayl tizimlaridan foydalanish imkonini beradi, masalan, Dropbox).

Bunday xizmatlarni ommaga ochiq model asosida taqdim etish xavfsizlik muammolari va ma’lumotlarning sizib chiqishi xavfi bilan bog‘liq. Masalan, 19-iyun, 2011-yilda to‘rt soat davomida istalgan kishi Dropbox foydalanuvchilarining ma’lumotlariga kirish imkoniga ega bo‘lgan. Amazon S3 bulutli saqlash tizimlarida kirish huquqlarining noto‘g‘ri sozlanishi bir necha marta yirik ma’lumotlar sizib chiqishiga sabab bo‘lgan. Jumladan, saylovoldi tahliliga oid 200 million yozuv, WWEning 3 million muxlisi va Verizonning 6 million mijozi haqidagi ma’lumotlar sizib chiqqan. Aloqa liniyalari va ma’lumotlar markazlaridagi nosozliklar bulutli tizimlardagi ma’lumotlardan vaqtincha foydalanib bo‘lmasligiga yoki hatto ularning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Adabiyotlar

Havolalar