Azotli o’g’itlar haqida

  Kimyo

Tarkibida ozuqa elementi sifatida azot saqlagan o’g’itlar azotli o’g’itlar deyiladi.
Azotli o’g’itlar azot yetishmaydigan yerlarga solinadi. Azot yetishmagan yerdagi ekinlar bargi och-yashil rang, ba’zi ekinlarda (turp, karam, makkajo’xori) sariq-qizil dog’lar, barglari juda kichik, yupqa, gullari nimjon, shoxlari mayda, mevasi muddatidan avval pishib, kichik-kichik bo’lib, barglari tushib ketadi.

Azotli o’g’itlar bilan oziqlantirish natijasida yuqoridagi kamchiliklar yoʻqoladi. Yerlarga azotli o’g’itlar berish me’yorda bo’lishi (30-300 kg/ga), har bir maydonning xususiyatlari va o’g’itga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi shart. Ekinlar azotni NH3 yoki ionlar holida o’zlashtiradi. Azotli o’g’itlar klassifikatsiyasi quyida keltirilgan.

Ammiakli va ammoniyli o’g’itlar. NH3 • H₂O suyuq eritma bo’lib, (NH4)2SO4 odatda oq rangli kristall yoki «dona-dona» moddalar boʻlib, suvda yaxshi eriydi.
Nitratli o’g’itlar: Natriyli, kaliyli, kalsiyli selitralar (NaNO3, KNO3, Ca(NO₃)₂). Bu o’g’itlar harakatchan NO3ionlarini saqlaydi (azot shu ion holida o’zlashtiriladi). Ortiqcha Na+, K+, Ca+2 ionlari yerning ishqoriyligini oshiradi. Shuning uchun ular bilan birga yerlarga organik o’g’itlar berilishi maqsadga muvofiqdir.
Ammoniyli nitratli o’g’itlar. NH4NO3 ammiakli selitra, sulfat-nitrat ammoniy (NH4)2SO4 • 2NH4NO3 ohakli ammiakli selitra CaCO3•NH4NO3 lar oq rangli moddalar boʻlib, faqat oxirgisining suvda eruvchanligi bir oz kamroq. Barcha turdagi tuproq va ekinlarni oziqlantirish uchun tavsiya etiladi.
Ammoniyli — nitratli — karbamidli o’g’itlar. Ammoniy nitrat va karbamidning konsentrlangan eritmasi suyuq o’g’itlar holida qo’llaniladi. O’zbekistonda azotli o’g’itlar «Navoiy-Azot» kombinatida, Chirchiq va Olmaliq kimyo zavodlarida ishlab chiqariladi.

Ammiakli selitra ishlab chiqarish

NH2(g) + HNO3(kons) → NH4NO3(k) reaksiyaga asoslangan. Ammiak gazi bilan to’ldirilgan reaktorga nitrat kislota bo’lib-boʻlib mo’l miqdorda yuboriladi va hosil boʻlgan konsentrlangan eritma suyuqlanma
holiga kelguncha bugʻlatiladi, donalashtirish minorasida tomchilarga aylantiriladi. Minoraning balandligi 40-60 m, diametri 10-16 m, ichki yuzasi alyuminiy folgasi bilan qoplangan.

Bu minoraning yuqorisidan ammiakli selitra suyuqlanmasi purkaladi, u tomchilar holida yuqoridan pastga tusha boshlaydi. Unga teskari oqimda pastdan havo berilib, oq rangli dona-dona modda
holiga keltiriladi. Bu «dona» chalar gigroskopik bo’lgani uchun suv tortmaydigan modda bilan aralashtirilib, «upa’lanadi va qoplarga solinib iste’molchilarga yuboriladi.