Aorta qopqog‘i stenozi nima

Aorta qopqog‘i stenozi
Аортальный клапан, стенозированный при острой ревматической лихорадке (в центре изображения). Лёгочный ствол показан на изображении внизу справа. Проксимальная часть правой коронарной артерии и её устье видны на изображении внизу слева. Проксимальная левая коронарная артерия и её устье изображена справа.
Aorta qopqog‘i, o‘tkir revmatik isitma vaqtida toraygan (tasvir markazida). O‘pka arteriyasi stvoli rasmning pastki o‘ng qismida ko‘rsatilgan. Proksimal qismi o‘ng koronar arteriyaning va uning og‘zi rasmning pastki chap qismida ko‘rinadi. Proksimal chap koronar arteriya va uning og‘zi o‘ng tomonda tasvirlangan.
XKT-11 BB70
XKT-10 I35.0, I06.0
XKT-9 395.0, 396.0, 746.3
DiseasesDB 844
MedlinePlus 000178
eMedicine med/157 
MeSH D001024
Логотип Викисклада Vikimedia Commons’dagi mediafayllar

Aortal stenoz (sinonimi: aorta og‘zi stenozi, (lot. Stenosis ostii aortae)) — aorta teshigining torayishi aorta qopqog‘i tavaqalarining bir-biriga yopishib qolishi natijasida yuzaga keladi; bu esa qopqoq orqali qonning normal ravishda chap qorinchadan aortaga oqishiga to‘sqinlik qiladi.

Epidemiologiya

Aortal stenoz — juda keng tarqalgan yurak nuqsoni bo‘lib, kattalardagi barcha yurak nuqsonlarining 70—85 % ini tashkil etadi. Kasallik 2 % ulush bilan 65 yoshdan oshganlarda, 3 % ulush bilan 75 yoshdan oshganlarda va 4 % ulush bilan 85 yoshdan oshganlarda uchraydi.

Tasnifi

Joylashuviga ko‘ra

Stenoz joylashgan o‘rniga ko‘ra quyidagi turlari farqlanadi:

  • qopqoq stenozi — aorta qopqog‘i tavaqalari darajasida qon oqimiga to‘siq paydo bo‘lishi;
  • qopqoq osti stenozi — chap qorinchaning chiqish qismi yaqqol gipertrofiyalanganda yuzaga keladi; bunda qopqoqlar zararlanmaydi, masalan, diskret subaortal stenoz;
  • qopqoq usti stenozi — torayish qopqoq og‘zidan distalroqda joylashgan halqasimon tasma yoki membrana tufayli yuzaga keladi; bu aortal stenozning eng kam uchraydigan shaklidir.

Gemodinamik og‘irligiga ko‘ra

Aortal stenoz darajasi bo‘yicha tasnif
Ko‘rsatkich yengil daraja o‘rtacha og‘ir
Qon oqimi tezligi, m/s 3,0 dan kam 3,0—4,0 4,0 dan yuqori
O‘rtacha bosim gradienti, mm simob ustuni 25 dan kam 25—40 40 dan yuqori
Qopqoq teshigi yuzasi, sm2 1,5 dan katta 1,0—1,5 1,0 dan kam
Qopqoq teshigi yuzasi indeksi, sm2/m2 — — 0,6 dan kam

Klinik

Shuningdek, anatomik-funksional-klinik tasnif ham mavjud. Unga ko‘ra:

  • A bosqichiga aortal stenoz xavfi bo‘lgan, ammo gemodinamik o‘zgarishlar va ularning oqibatlari, shuningdek, alomatlari kuzatilmaydigan bemorlar kiritiladi;
  • B bosqichiga stenoz rivojlanib borayotgan, stenoz darajasi yengildan o‘rtachagacha bo‘lgan, biroq alomatlari kuzatilmaydigan bemorlar kiritiladi;
  • C bosqichiga og‘ir darajadagi stenoz va uning oqibati sifatida chap qorincha disfunksiyasi kuzatiladigan, ammo alomatsiz bemorlar kiritiladi;
  • D bosqichiga og‘ir darajadagi stenoz bo‘lgan va ularda, avvalo, qon aylanishi yetishmovchiligi alomatlari paydo bo‘lgan bemorlar kiritiladi.

Etiologiya

Ko‘pincha aortal stenoz normal aorta qopqog‘ining yoshga bog‘liq kalsinozi yoki tug‘ma ikki tavaqali aorta qopqog‘i bilan bog‘liq. Degenerativ kalsifikatsion shikastlanish ijtimoiy-iqtisodiy indeksi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ko‘proq uchraydi — bunga aholining «qarishi» sabab bo‘ladi. Boshqa etiologik omil — o‘tkir revmatik isitma bo‘lib, u daromadi past mamlakatlarda keng tarqalgan. Aortal stenoz ancha kam hollarda ikkilamchi tarzda, quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY), karsinoid sindrom, qandli diabet, Pedjet kasalligi, tizimli qizil yugurik, oxronoz.

Patogenezi

Aortal stenoz qon oqimiga to‘siq hosil qilib, qonning chap qorinchadan aortaga o‘tishini qiyinlashtiradi. Shu sababli chap qorincha bo‘shlig‘idagi bosim ortadi va bu uning gipertrofiyasiga.

Subtitrli video

Chap qorinchaning kuchli ishlashi tufayli stenoz uzoq vaqt kompensatsiya bosqichida qoladi. Biroq oxir-oqibat chap qorinchaning qisqarish qobiliyati susayishi natijasida uning qayta tuzilishi (remodellanishi) yuz beradi. Stenoz darajasi bir xil bo‘lganda, ayollarda, odatda, konsentrik remodellanish yoki gipertrofiya rivojlanadi, erkaklarda esa miokard ekssentrik gipertrofiyaga ko‘proq moyil bo‘ladi. Bunda mitral halqaning kengayishi chap bo‘lmachada ikkilamchi mitral regurgitatsiya tufayli gemodinamik ortiqcha yuklanishni yuzaga keltiradi. Chap bo‘lmachadagi yuqori bosim o‘pka venalari va boshqa kichik qon aylanish doirasi tomirlariga uzatiladi. Bu passiv o‘pka gipertenziyasi.

Klinik manzara

Kompensatsiya bosqichida bemorlarning aksariyatida hech qanday shikoyat bo‘lmaydi. Stenoz ancha kuchli bo‘lsa, quyidagilardan shikoyat qilishlari mumkin: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, hushdan ketish, to‘sh ortida siquvchi va bosuvchi og‘riqlar. Keyingi bosqichlarda chap qorinchaning qisqarish funksiyasi pasayganda, hansirash jismoniy zo‘riqish vaqtida paydo bo‘ladi, shuningdek, yurak astmasi rivojlanishi mumkin. Keyinchalik shishlar, shuningdek, jigar kattalashishi tufayli o‘ng qovurg‘a ostida og‘irlik hissi ham kuzatiladi; bu belgilar yurak yetishmovchiligi va katta qon aylanish doirasida qon dimlanishi bilan bog‘liq. Aortal stenozda shoshilinch holatlar yurak yetishmovchiligining dekompensatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi va hatto kardiogen shok bilan kechishi mumkin.

Diagnostika

Tekshiruv vaqtida aorta qopqog‘i og‘zi stenozining bevosita belgisi — auskultatsiya paytida to‘sh suyagining o‘ng tomonidagi ikkinchi qovurg‘alar oralig‘ida va Botkin nuqtasida eshitiladigan sistolik shovqin (ikkinchi yurak tonining susayishi yoki yo‘qolishi bilan birga).

Instrumental tekshiruv usullari:

  • ExoKG (asosiy instrumental usul);
  • Rentgenografiya yurakning barcha bo‘limlari o‘lchamlarini baholash uchun;
  • EKG;
  • Farmakologik (dobutamin bilan) yoki jismoniy yuklama testi;
  • KT va MRT.

Davolash

Ballonli aortal valvuloplastika

Dori vositalari bilan davolash simptomatik xarakterga ega. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda davolash yurak yetishmovchiligini bartaraf etishga qaratiladi; yaqqol stenokardik og‘riq sindromida beta-blokatorlar kichik dozalarda buyuriladi.

Og‘ir darajadagi aortal stenoz bilan og‘rigan bemorlarga jarrohlik davolash, ya’ni sun’iy qopqoq implantatsiyasi ko‘rsatiladi.

Kateter orqali ballonli aortal valvuloplastika gemodinamik jihatdan beqaror bemorlarda bosqichli operatsiya sifatida yoki sun’iy qopqoq implantatsiyasi mumkin bo‘lmagan og‘ir ahvoldagi keksa bemorlarda palliativ operatsiya sifatida tavsiya etiladi.

Adabiyotlar