| Anterograd amneziya | |
|---|---|
| KXT-11 | MB21.10 |
| KXT-10 | R41.1 |
| KXT-10-KM | R41.1 |
| KXT-9 | 780.93 |
| MeSH | D020324 |
Anterograd amneziya (lot. anterior — «oldinda joylashgan» va gradus — «pog‘ona», «daraja» so‘zlaridan) — xotiraning kasallik boshlanganidan keyingi voqealarga doir qismining buzilishidir. Atamani psixiatriyaga Teodyul Ribo tomonidan 1881-yilda kiritilgan.
Anterograd amneziya axborotning qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‘tishi buzilishi va/yoki saqlanayotgan axborotning yo‘qolishi bilan bog‘liq. Keyinchalik xotira tiklanishi mumkin, ammo to‘liq tiklanmaydi: jarohatdan keyingi davrga oid xotirada bo‘shliqlar qoladi.
Amneziya bir necha soat, kun va hatto hafta davom etishi mumkin. Bemorlarning keyinchalik unutiladigan ushbu davrdagi xatti-harakatlari mutlaqo me’yorida bo‘ladi, ular hamma narsani anglab turadilar, ammo keyinchalik o‘sha davrdagi barcha faoliyatlari xotiradan yo‘qoladi.
Sabablari
Kasallikdan tashqari, amneziyaning ushbu turiga ong buzilishi (ongning o‘ziga xos holati, ongning shom qorong‘iligi tarzida xiralashishi (сумеречное помрачение сознания)), bosh miya va kalla suyagi jarohati, insult, epileptik tutqanoq, patologik ruhiy holat ham sabab bo‘lishi mumkin. Ong buzilishidan keyin amneziya yuzaga kelgan hollarda voqealarni eslab qolish qobiliyati yaqin vaqt ichida tiklanishi mumkin. Anterograd amneziyada kasallik boshlanganidan yoki jarohat olishdan avval sodir bo‘lgan voqealar xotirada saqlanadi.
Anterograd amneziyaga benzodiazepinlar guruhiga mansub trankvilizatorlarni preparatning terapevtik dozalar diapazonining yuqori chegarasiga yaqin dozalarda qo‘llash sabab bo‘lishi mumkin (bu holat bromazepamning 6 mg dozasi uchun hujjatlashtirilgan), yuqoriroq dozalardan foydalanilganda amneziya xavfi ortadi. Shuningdek, anterograd amneziyani zolpidem, temazepam, alprazolam, valokordin-doksilamin ham keltirib chiqarishi mumkin.
Madaniyatda
- Esla — rejissyor Kristofer Nolan suratga olgan film, unda bosh qahramonda mazkur buzilish mavjud.
- 50 ta ilk bo‘sa — film: bu alomat kechagi kun voqealarini eslay olmaydigan qahramon ayolda namoyon bo‘ladi.
- Anterograd ertangi kun (Anterograde tommorow) — bosh qahramoni ushbu turdagi amneziyadan aziyat chekadigan adabiy asar.
- Nemoni izlab — multfilm, uning qahramonlaridan biri, Dori ismli baliqcha ham xuddi shu kasallikdan aziyat chekadi.
- Idrok — ABC Studios kompaniyasi ishlab chiqargan serialning 1-mavsumidagi «86-chi» deb nomlangan qismida mazkur buzilish sevgilisi qo‘lidan halok bo‘lishiga sal qolgan Lisbanda namoyon bo‘ladi.
- Tong otguncha — bosh qahramon ayolda ushbu kasallik mavjud.
- Ef: Xotiralar tarixi — bosh qahramonlardan biri Tixiro ushbu kasallikdan aziyat chekadi va buning oqibatida har kuni bosh qahramon Rendzini unutadi.
- Gadjini — bosh qahramon ushbu kasallikka chalingan.