| Sug‘d knyazligi | |
| Farg‘ona | |
|---|---|
|
Movarounnahr VIII asrda |
|
| Poytaxti | Farg‘ona |
| Yirik shaharlari | Xo‘jand, Farg‘ona |
| Tillar | sug‘d tili, turkiy til |
| Rasmiy til | sug‘d tili |
| Dini |
zardushtiylik (712-yilgacha) islom (712-yildan keyin) |
| Pul birligi | dirham |
| Tarix | |
| • III—VI asrlar | Mustaqil davlat |
| • VI asr—657-yil | Ko‘kturklarning vassali |
| • 657—715 | Tan imperiyasining vassali |
| • 715—819 | Umaviylarning vassali |
| • 819 | Somoniylarning vassali |
| Vorisiylik | |
|
Vorislar: |
|
Farg‘ona (boshqa yozilishlari: Fergana, Fergona va Fargona) — Sug‘d knyazligi bo‘lib, uning poytaxti Axsiket edi. Knyazlik III asrdan 819-yilgacha mavjud bo‘lgan. Bu nom, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston hududidagi tarixiy mintaqaga — Farg‘ona vodiysiga.
Tarix
Farg‘onadagi mahalliy sulola III asrdan boshlab uzluksiz hukmronlik qilgan.[manba 1311 kundan beri ko‘rsatilmagan] Hukmdorlarning ismlari saqlanib qolmagan. Ularning unvoni — ixshid.
G‘arbiy Turk xoqonligi
VI—VII asrlarda Farg‘ona hukmdorlari qadimgi turklarning vassallariga aylangan. 624—649-yillar oralig‘ida mahalliy hukmdor Sibi turk Kan Moxedo tomonidan o‘ldirilgan. Biroq ko‘p o‘tmay, uni Ashina sulolasi vakili Shuni quvib chiqargan. Undan keyin o‘g‘li Yebochji hukmronlik qilgan. So‘ngra aniq bo‘lmagan sharoitda eski sulola yana hokimiyat tepasiga qaytgan.
Tan imperiyasi
Farg‘ona knyazligi 657-yilgacha turklar hukmronligi ostida bo‘lgan. Shundan keyin u Ansi protektorati sifatida Tan imperiyasi hukmronligi ostiga o‘tgan. [manba 1311 kundan beri ko‘rsatilmagan]
Umaviylar xalifaligi
Farg‘ona arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim tomonidan VIII asrda Movarounnahrning fath etilishi davomida bosib olingan. Biroz vaqt o‘tgach, ixshid G‘urak Qutaybaga qarshi kurashish uchun qo‘shin to‘plagan, biroq keyingi jangda mag‘lubiyatga uchragan. Natijada Farg‘ona arablarning vayronkor hujumiga duchor bo‘lgan.
Somoniylar amirligi
819-yilda Xuroson hokimi Hasan ibn Abbod Somoniylar sulolasiga mansub shahzoda Ahmad ibn Asadni Farg‘ona hukmdori etib tayinlagan va shu tariqa qadimgi sulolaning hukmronligiga barham bergan.
Hukmdorlar
Farg‘ona (Boxan) (taxm. 180—770)
- taxm. 180—630 — Kushonlar sulolasi.[manba 1311 kundan beri ko‘rsatilmagan]
- Kibi (Sibi) (taxm. 600—630).
- taxm. 635 — turklar tomonidan bosib olinishi.[manba 1311 kundan beri ko‘rsatilmagan]
- Kan Moxedo
Farg‘ona (taxm. 630—770)
Poytaxti: Koson. Unvonlari: ixshid, tarxon.
- 1. Ashina Sheni (Shuni) (taxm. 630—650).
- 2. Yebochji (taxm. 650—660).
- 3. Alyaoshan (taxm. 660—680).
- 4. Tar (Alutar) (taxm. 680—720).
- 5. Arslon-tarxon (Asilan-dagachju) (taxm. 720—750).
- 6. Jun-szyue (Ujunszye) (taxm. 750—770).
- Syeyuy?
- taxm. 770 — arablar tomonidan bosib olinishi.
- 819 — Somoniylar tomonidan bosib olinishi
Adabiyotlar
- Bernshtam A. N. Qadimgi Farg‘ona. Toshkent, 1951-yil.
- Zadneprovskiy Yu. A. Qadimgi Farg‘onaning dehqonchilik madaniyati. M.—L., 1962 (SSSR arxeologiyasiga oid materiallar va tadqiqotlar, № 118)
- Sorokin S. S. Farg‘ona tog‘oldi hududlarining qadimgi chorvadorlari // SSSR arxeologiyasiga oid tadqiqotlar. M., 1961-yil.
- Gorbunova N. G. Qadimgi Farg‘onada / O‘zbekiston tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati. — Toshkent: O‘zbekiston, 1972. — 38 bet
- Sichev N. V. Sulolalar kitobi. M., 2008-yil.