Hisor vodiysi

Hisor vodiysi
tojikcha Vodii Hisor
Xususiyatlari
Uzunligi100 km
Kengligi20 km
Joylashuvi
38°30′ sh. k. 68°48′ sh. u.HGЯO
Mamlakat
Таджикистан
Красная точка
Hisor vodiysi
Логотип Викисклада Vikimedia omboridagi mediafayllar

Hisor vodiysi (tojikcha Vodii Hisor) — tog‘lararo botiqlik bo‘lib, Tojikistonning g‘arbida, Hisor tizmasining janubiy chekkasida joylashgan.

Geografiyasi

Vodiy Xatlon viloyatining shimoliy chegarasi bo‘ylab, sharqda Vahdat tumanidan g‘arbdagi Tursunzoda tumanigacha (O‘zbekiston bilan chegara) cho‘zilgan. Uzunligi taxminan 100 km, o‘rta qismida kengligi 20 km gacha yetadi.

Vodiy yerlari Kofirnihon daryosi va uning irmoqlari — Ilyak hamda Varzob daryolari suvi bilan sug‘oriladi. Tekisliklarda g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladi, atrofdagi tog‘larning 1200—2000 m gacha bo‘lgan yonbag‘irlarida esa donli ekinlar va mevali ekinlar yetishtiriladi. Undan yuqorida subalp va alp o‘tloqlari.

Hisor vodiysining sharqiy qismida Tojikiston poytaxti — Dushanbe shahri va u bilan bog‘liq Dushanbe aglomeratsiyasi joylashgan. Aglomeratsiyaning maydoni 1685,0 km².

Tarixiy yodgorliklar

Hisor vodiysida, M. Gorkiy nomidagi qishloqdan 400 m sharqda, Tursunzoda tumanida, Tojikiston Respublikasida Yamchi melioratsiya kanalining bir qismi qurilayotganda topilgan Qumsay qabristoni o‘rganilmoqda. U ilk bronza davriga mansub (taxminan 4290 yil avval). Qabristonning moddiy madaniyati yaqqol aralash xususiyatga ega: topilmalarning bir qismi Andronovo (Fyodorovo) an’anasiga, boshqa qismi esa dehqonchilikka asoslangan Sopolli madaniyatining Molali bosqichiga tegishli.