Yosh turklar inqilobi

Yosh turklar inqilobi
Провозглашение восстановления конституции на митинге
Mitingda konstitutsiya tiklanganining e’lon qilinishi
Mamlakat
Joylar
Sana 3 — 23-iyul 1908-yil
Sabab Diktatura (Abdulhamid II), konstitutsiya va xalq vakillaridan tashkil topgan qonun chiqaruvchi organning yo‘qligi
Asosiy maqsad Konstitutsiyani tiklash, parlamentni chaqirish, sulton hokimiyatini cheklash
Natija
  • Abdulhamid II ning taxtdan ag‘darilishi va Zulm davrining tugashi, * Yosh turklar hukumatining tuzilishi
Hokimiyatga kelganlar — yosh turklar
Tashkilotchilar «Ittihod va taraqqiyot»
Harakatlantiruvchi kuchlar Armiya
Ishtirokchilar soni Ma’lumot yo‘q
Muxoliflar Abdulhamid II va uning tarafdorlari
Halok bo‘lganlar Ma’lumot yo‘q
Yaralanganlar Ma’lumot yo‘q
Hibsga olinganlar Ma’lumot yo‘q
Логотип Викисклада Vikiombordagi mediafayllar

Yosh turklar inqilobi (turkcha Jön Türk Devrimi) — 1908-yilda Usmonli imperiyasida yuz bergan, maqsadi sulton Abdulhamid II ni taxtdan ag‘darish va konstitutsiyani tiklash bo‘lgan inqilob. Inqilobga rahbarlik qilgan tashkilot — yosh turklarning «Ittihod va taraqqiyot».

Qo‘zg‘olonning borishi

3-iyul, 1908-yil — Makedoniyaning Resen shahrida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Unga boshchilik qilgan shaxs — mayor Ahmad Niyoziy bey. 6-iyulda qo‘zg‘olon ko‘targan shaxs — Enver posho, keyingi bir necha kun ichida esa Makedoniyadagi turk harbiy qismlarining aksariyati qo‘zg‘olon ko‘tardi. Ularni qo‘llab-quvvatlaganlar — mahalliy albanlar va makedoniyaliklar. 23-iyulda qo‘zg‘olonchilar Saloniki va Bitolaga kirib bordilar. Bu shaharlarda mitinglar o‘tkazildi. Ularda inqilobchilar bir tomonlama e’lon qilgan qaror — 1876-yilgi konstitutsiyani tiklash edi. Natijada Abdulhamid II konstitutsiyani tiklash va parlamentni chaqirishga rozi bo‘ldi.

1909-yilda sulton tarafdorlari isyon ko‘tardilar, qisqa muddatga uning mutlaq hokimiyatini tikladilar. Bunga javoban yosh turklar Istanbuldan Salonikiga qochib, o‘zlariga sodiq harbiy qismlardan Harakat armiyasi deb atalgan qo‘shinni tuzdilar va isyon bostirildi. 26-aprelda poytaxt hujum bilan egallandi. 27-aprelda Abdulhamid II taxtdan tushirildi, taxtga o‘tqazilgan sulton — Mehmed V. Biroq yosh turklar harakati vaqt o‘tishi bilan o‘z ommabopligini yo‘qota bordi va Enver poshoning 1913-yildagi davlat to‘ntarishidan so‘ng konstitutsiya o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.

Adabiyotlar

  • Aliyev G. Z. Yosh turklar hukmronligi davrida Turkiya. — M.: Nauka, 1972. — 388 bet. — 4200 nusxa.