Voyaga yetgan shaxs

Bir nechta voyaga yetgan inson

Voyaga yetgan shaxs — inson bo‘lib, u muayyan yoshga yetgan va uni jismoniy hamda aqliy jihatdan yetuk deb hisoblash uchun asos mavjud. Voyaga yetgan shaxs o‘z hayot yo‘lida muhim qarorlar qabul qilish imkonini beradigan zarur bilim va ko‘nikmalarga ega.

Kattalar o‘smirlarga nisbatan ko‘proq huquqlarga ega va ularning zimmasida kattaroq mas’uliyat bo‘ladi. Odatda, kattalar o‘zlarini mustaqil ravishda moddiy ta’minlay oladilar. Mahalliy qonunchilikka muvofiq, voyaga yetish quyidagi huquqlarga ega bo‘lish bilan kechadi: avtomobilni boshqarish, mustaqil ravishda chet elga chiqish, siyosiy hayotda ishtirok etish (saylash va saylanish huquqiga ega bo‘lish), jinsiy munosabatlarga kirishish va nikoh qurish.

Huquqiy jihatdan inson qonunga muvofiq to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lganidan keyin voyaga yetgan hisoblanadi. Amalda voyaga yetish yoshi hamma uchun bir xil emas: u muayyan jamiyatda qabul qilingan yosh davrlariga ajratish mezonlariga hamda har bir insonning jismoniy va psixologik rivojlanishiga bog‘liq. Barqaror pul daromadi keltiradigan kasbni egallash insonning to‘liq ulg‘ayganlik belgisi sifatida qaralishi mumkin.

Biologik yetuklik

Tarixiy jihatdan ham, turli madaniyatlar nuqtayi nazaridan ham yetuklik ta’rifi davr va jamiyatga qarab o‘zgarib kelgan, bunda ham biologik, ham ijtimoiy omillar hisobga olingan. Garchi jinsiy yetilish (ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo‘lishi, masalan, ayollarda hayz ko‘rish, eyakulyatsiyaning erkaklarda kuzatilishi va har ikki jins vakillarida qov sohasida tuklarning o‘sishi) ko‘pincha muhim bosqich sifatida qaralgan bo‘lsa-da, ko‘plab madaniyatlarda yetuklik jismoniy rivojlanish, ijtimoiy ko‘nikmalar, mehnat qilish va jamiyat oldidagi vazifalarni bajarish qobiliyatini o‘z ichiga oluvchi belgilar majmui bilan belgilangan.

Havolalar