Jinsiy qo‘zg‘alish — inson organizmida yoki hayvon organizmida jinsiy stimullar ta’sirida yuz beradigan o‘zgarishlardir. Bu to‘rtta bosqichning birinchisi, ya’ni boshlang‘ich bosqich bo‘lib, insonning jinsiy javob sikliga kiradi. Insonda jinsiy qo‘zg‘alish bevosita quyidagi harakatlar boshlanishidan oldin yuz beradi: jinsiy aloqa yoki masturbatsiya. Odatda u quyidagi omillar natijasida yuzaga keladi: tomosha qilinadigan va o‘qiladigan erotik materiallar, jinsiy mavzudagi suhbatlar, ta’sir ko‘rsatiladigan erogen zonalar, xotiralar va muloqot.
Jinsiy qo‘zg‘alishning tarkibiy qismlari
Erkaklar va ayollarga xos umumiy qo‘zg‘alish belgilari:
- Tez-tez nafas olish;
- Tezlashgan yurak urishi;
- Qon bosimining oshishi;
- Mushak tonusining oshishi;
- Ko‘proq so‘lak ajralishi;
- Teri qoplamining holati o‘zgarishi (qizarish, g‘oz terisi paydo bo‘lishi);
- Ko‘z qorachiqlarining kengayishi;
- Ereksiyaga keladigan ko‘krak uchlari;
- O‘zgarishlar: nigohda, ovozda, xulq-atvorda.
Erkaklarda jinsiy qo‘zg‘alish belgilari:
- Ereksiya — jinsiy olatning qattiqlashishi;
- Ajraladigan suyuqlik — preeyakulyat (eyakulyatsiyadan oldin ajraladigan suyuqlik).
Ayollarda jinsiy qo‘zg‘alish belgilari:
- Klitor ereksiyasi;
- Namlanish — qinda;
- Ajraladigan suyuqlik — vaginal sekret (qin ajralmasi).