Veb-freymvork nima

Veb-freymvork (ingl. web framework), veb-ilovalar freymvorki (ingl. web application framework, WAF) yoki veb-ilovalar karkasi — freymvork bo‘lib, dinamik veb-saytlar, tarmoq ilovalari, xizmatlar yoki resurslarni yaratish uchun mo‘ljallangan. U ishlab chiqish jarayonini soddalashtiradi va takroriy, odatiy kodlarni yozish zaruratini kamaytiradi. Ko‘plab freymvorklar ma’lumotlar bazalariga murojaat qilishni va foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqishni osonlashtiradi, shuningdek, kodning takrorlanishini kamaytiradi.

Veb-freymvorklarning ixtisoslashgan turlari ham mavjud. Masalan, freymvorklar yordamida kontentni boshqarish tizimlarini yaratish mumkin.

Arxitektura yechimlari

Veb-ilovalar freymvorklarining aksariyati loyihalash andozasi sifatida Model–Ko‘rinish–Kontroller (Model-View-Controller) (MVC)dan foydalanadi. Biroq boshqa loyihalash andozalari ham ishlatilishi mumkin. Masalan, Model–Ko‘rinish–Taqdim etuvchi (Model-View-Presenter) (Backbone.js) yoki Model–Ko‘rinish–Ko‘rinish modeli (Model-View-ViewModel) (Knockout.js).

Abstraksiya darajasiga ko‘ra veb-freymvorklarni shartli ravishda 3 turga ajratish mumkin:

  • So‘rovlarga asoslangan freymvorklar: kelayotgan so‘rovlarni freymvorkning o‘zi bevosita qayta ishlaydi. Holat server sessiyalari orqali saqlanadi. Misollar: Django, Ruby on Rails, Struts, Grails.
  • Komponentlarga asoslangan freymvorklar: freymvork so‘rovlarni qayta ishlash jarayonini standart komponentlar ichida mavhumlashtiradi va ilova holatini mustaqil boshqaradi. Bunday freymvorklar ishlash tamoyiliga ko‘ra odatiy dasturlarning grafik interfeyslariga o‘xshaydi. Misollar: JavaServer Faces, Tapestry, Wicket.
  • Keng imkoniyatli internet ilovalari (Rich Internet Application) uchun freymvorklar: brauzer ichida ishlaydigan to‘laqonli ilovalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Misol: Apache Flex.

Adabiyotlar

Havolalar