Umumiy sun’iy intellekt (AGI)

Kuchli va zaif sun’iy intellekt — gipoteza bo‘lib, sun’iy intellekt falsafasida ayrim turdagi sun’iy intellekt haqiqatan ham asosli fikr yuritishi va muammolarni hal qilishi mumkinligini ilgari suradi.

  • Sun’iy intellektning kuchli (shuningdek, universal deb ham ataladigan) shakliga oid nazariyaga ko‘ra, sun’iy tizim fikrlash va o‘zini anglash (o‘zini alohida shaxs sifatida idrok etish, xususan, o‘z fikrlarini tushunish) qobiliyatlariga ega bo‘lishi mumkin. Bunda uning fikrlash jarayoni insonnikiga o‘xshashi shart emas.
  • Sun’iy intellektning zaif (shuningdek, amaliy yoki tor deb ham ataladigan) shakli birgina intellektual vazifani yoki bunday vazifalarning kichik guruhini bajarish uchun mo‘ljallangan (masalan, shaxmat o‘ynash, tasvir va nutqni tanish, kredit skoringi va hokazo). Bunday tizimlar kompyuterning haqiqiy ongga ega bo‘lishini nazarda tutmaydi.

«Kuchli sun’iy intellekt» atamasini 1980-yilda Jon Syorl («Xitoy xonasi» fikriy tajribasi tasvirlangan ishida) ilmiy muomalaga kiritgan va dastlab uni quyidagicha ta’riflagan:

Tegishli ravishda dasturlashtirilgan, zarur kirish va chiqish vositalariga ega kompyuter ham inson ongi qanday ma’noda ong hisoblansa, xuddi shu ma’noda ong hisoblanadi.

— «Onglar, miyalar va dasturlar»

Ayrim olimlar, jumladan, Antonio Liyeto, sun’iy intellekt hamda kognitiv modellashtirish sohasidagi hozirgi tadqiqotlar zaif sun’iy intellekt gipotezasiga to‘liq mos kelishini ta’kidlaydi (bu gipotezani «umumiy» va «tor» sun’iy intellekt o‘rtasidagi farq bilan chalkashtirmaslik kerak). Masalan, sun’iy intellektga asoslangan kognitiv tizimlar kuchli sun’iy intellektning bir qismi, degan keng tarqalgan taxmin noto‘g‘ri va muammolidir. Chunki miya va ongning sun’iy modellaridan ruhiy hodisalarni tushunishda foydalanish mumkin bo‘lsa-da, ular real hodisalarni faqat modellashtiradi.

Sun’iy intellektning bu ikki turi o‘rtasidagi farq tufayli ularning har biriga o‘ziga xos axloqiy muammolar xosdir. Zaif sun’iy intellektda bunday muammolarga ishsizlik va mas’uliyat masalalari kiradi; ayrim tadqiqotchilar esa ularni unchalik muhim emas deb hisoblaydi. Bir qator olimlarning fikricha, kuchli sun’iy intellektni takomillashtirish va rivojlantirish insoniyatning so‘nggi ixtirosiga aylanishi mumkin. Chunki u insondan o‘zib ketishi, ya’ni bilishning barcha sohalarida insonning tabiiy intellektidan ustun kelishi va texnologik singulyarlik davrini boshlab berishi mumkin. Matematik va fantast-yozuvchi Vernor Vinj fikricha, o‘ta yuqori intellektga ega mashinaning yaratilishi insoniyat davrining yakunini bildiradi.

Kuchli sun’iy intellektni yaratishga qo‘yiladigan talablar

Hozirgacha intellekt uchun ko‘plab ta’riflar taklif qilingan (masalan, Tyuring testidan o‘tish qobiliyati), ammo hozircha barchani qoniqtiradigan yagona ta’rif mavjud emas. Shunga qaramay, sun’iy intellekt tadqiqotchilari kuchli sun’iy intellekt quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerakligi borasida umumiy fikrga kelgan:

Hozirda ana shu qobiliyatlarning barchasiga ega mashinalarni yaratish ustida ish olib borilmoqda. Kuchli sun’iy intellekt ularning hammasiga yoki aksariyatiga ega bo‘lishi taxmin qilinadi.

Inson intellektining kuchli sun’iy intellektni yaratish uchun ham asos bo‘ladigan boshqa jihatlari ham mavjud:

Adabiyotlar

Havolalar