To‘lin oy

To‘lin oy
Oyning chiqishi
ushbu fazada
Quyosh botganda
Oyning botishi
ushbu fazada
Quyosh chiqqanda
Elongatsiya 180°
Ko‘rinuvchanligi 100%
Логотип Викисклада Vikiombordagi mediafayllar
Mayoq uzra to‘lin Oyning chiqishi. Istad, Shvetsiya, 11-fevral 2017-yil

To‘lin oy (lot. Luna plena, plenilunium) — Oy fazasi bo‘lib, unda Oyning elongatsiyasi 180° ga teng bo‘ladi. Bu Quyosh, Yer va Oy orqali o‘tkazilgan tekislik ekliptika tekisligiga perpendikulyar ekanini anglatadi. Agar uchala jism bir chiziqda joylashsa, Oy tutilishi yuz beradi. To‘lin oy paytida Oy to‘liq yoritilgan doira shaklida ko‘rinadi.

Astronomiyada to‘lin oy yuz beradigan lahza juda yuqori aniqlikda hisoblab chiqiladi. Kundalik hayotda esa «to‘lin oy» deganda, odatda, Oy ko‘rinishidan to‘liq yoritilgan Oydan deyarli farq qilmaydigan bir necha sutkalik davr tushuniladi.

To‘lin oy paytida bir necha soat davomida «oppozitsiya effekti» deb ataladigan hodisa kuzatilishi mumkin: Oy diskining o‘lchamlari o‘zgarmasa ham, uning yorqinligi sezilarli darajada ortadi. Bu effekt Yerda turgan kuzatuvchi uchun Oy sirtidagi soyalarning butunlay yo‘qolishi (va ayrim boshqa sabablar) bilan izohlanadi. Eng katta yorqinlik ko‘rsatkichi to‘lin oy paytida quyidagicha: −12,7m.

Bobil taqvimi

Bobilliklarda qamariy oyning har 7-, 14-, 21- va 28-kunlari «yomon» kunlar, ya’ni iloh dam oladigan kunlar hisoblangan. Bu kunlarda podshohga ayrim ishlarni qilish (go‘sht bilan non yeyish, bashang kiyinish, ilohlarga atab ichimlik quyish marosimini bajarish, jang aravasidan foydalanish, qaror va hukmlar chiqarish) tavsiya etilmagan, tabibga esa bemorlarni davolash taqiqlangan. Oyning 15-kuni shapattu deb atalgan. Shunga asoslanib, bobilliklarda bir oyda faqat bitta shanba (shabbat) bo‘lgan, u oyning 15-sanasiga, ya’ni to‘lin oy kuniga to‘g‘ri kelgan deb hisoblanadi. Kuzgi qamariy oyning to‘lin oy kuni Yangi yil bo‘lib, Sikut ilohiga bag‘ishlangan. To‘lin oy (yerax) qamariy oyning birinchi kuni ham hisoblangan.

Yahudiylarning Pesax va Sukkot bayramlari har doim to‘lin oyga to‘g‘ri keladi, garchi bugungi kunda yahudiylar Oy-Quyosh taqvimiga amal qilsalar ham.

Havolalar