Stressga chidamlilik

Stressga chidamlilik — organizmga stressorlar ta’siriga xotirjam bardosh berish hamda faoliyatga va atrofdagilarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, shuningdek, ruhiy buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan zararli hissiy portlashlardan saqlanish imkonini beruvchi xususiyatlar majmui. Stressga yuqori darajada chidamlilik hissiyotchanlikning past darajasi bilan tavsiflanadi.

Mazkur xususiyat bilan bog‘liq holda tashqi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sezuvchanlik darajasini sun’iy ravishda pasaytirish ayrim hollarda bag‘ritoshlikka, kuchli hissiyotlarning yo‘qligiga va befarqlikka, ya’ni insonning oilaviy va ijtimoiy hayotida ko‘pincha salbiy oqibatlarga olib keladigan xususiyatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Stressga chidamlilikni mashqlar orqali rivojlantirish (oshirish) mumkin (psixotrening).