Stable Diffusion (so‘zma-so‘z «barqaror diffuziya») — chuqur o‘rganish asosidagi model bo‘lib, u matnli tavsiflar asosida tasvirlaringlizcha yaratadi va ochiq dasturiy kodga ega. Uni 2022 yilda Stability AI kompaniyasi taqdim etgan. Model diffuziyainglizcha usullariga asoslangan. U asosan matnli tavsiflardan batafsil tasvirlar yaratishda ishlatiladi, ammo undan eskizlarni to‘ldirish va mavjud rasmlarni tahrirlash kabi boshqa vazifalarda ham foydalanish mumkin. Model CompVis guruhi tomonidan Myunxen universitetida ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, uni ishlab chiqishda Runway, EleutherAI va LAION ham ishtirok etgan.

Stable Diffusion — yashirin diffuziya modeli (latent diffusion model), ya’ni o‘ziga xos chuqur generativ neyron tarmog‘i. Modelning dasturiy kodi va vaznlari ochiq foydalanishga taqdim etilgan. U kamida 4 GB videoxotiraga ega grafik protsessor bilan jihozlangan aksariyat oddiy foydalanuvchi qurilmalarida ishlay oladi. Uning paydo bo‘lishi avvalgi yopiq kodli (proprietary) matndan tasvir yaratuvchi modellardan, jumladan, DALL-E va Midjourney kabi faqat bulutli xizmatlar orqali foydalanish mumkin bo‘lgan tizimlardan uzoqlashish boshlanganini anglatdi.
Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgan modifikatsiyalar: Stable Diffusion v1.0, Stable Diffusion XL va Stable Diffusion 3. Uchinchi, ya’ni so‘nggi versiya dastlabki ikkitasiga asos bo‘lgan U-Net arxitekturasidan farqli ravishda DiT-transformer arxitekturasiga asoslangan.