Kimyoviy reaksiyalar ro'y berishining asosiy sharti—reaksiyada ishtirok etuvchi zarrachalaming o'zaro to'qnashuvidir. Lekin zarrachalar o'rtasida yuz beradigan har qanday to'qnashuv ham yangi modda hosil bo'lishiga olib kelavermaydi. Juda kamchilik to'qnashuvlargina kimyoviy o'zgarjshlarga olib keladi. Bunday to'qnashuvlar “faol to'qnashuv" deyiladi.
Bunda:
A + В → AB
faol to'qnashuv tufayli dastlabki A va В moddalar molekulalari tarkibidagi dastlabki kimyoviy bog‘lar uzilib, yangi bog‘lar hosil bo'ladi. Bu jarayon amalga oshishi paytida oraliq modda “faol kompleks” hosil bo'ladi:

Ana shunday “faol to'qnashuv” ro'y berishi uchun zarrachalar odatdagidan yuqoriroq energiyaga ega bo'Iishi kerak. Zarrachalar o'rtasida faol to'qnashuv uchun zarur bo'lgan eng kichik energiya miqdori kimyoviy reaksiyaning faollanish energiyasi deyiladi. Faollanish energiyasi EfaoI holida belgilanadi, kkal/mol yoki kJ/mol birliklarda o'lchanadi. Efaol kimyoviy-reaksiyalarning asosiy kinetik tavsifnomasi hisoblanadi.
Faollanish energiyasi va reaksiyaning yo'nalishi o'rtasidagi bog'lanish faollanish energiyasi grafigi deyiladi. E faollanish energiyasi dastlabki moddalarni reaksiya mahsulotiga aylanishidagi asosiy energetik “to'siq” dir. Agar bu “to‘siq”ning balandligi (Efaol — qiymati) qanchalik kichik bo'lsa, kimyoviy reaksiya shunchalik oson va demak tez amalga oshadi. Ma’lumki, reaksiya boradigan sistema temperaturasining oshishi reaksiya tezligining ortishiga olib keladi, chunki berilgan issiqlik energiyasi zarrachalaming faol to'qnashuvi uchun zarur bo'lgan energiyaga tezroq yetishiga olib keladi.
Bu o'z navbatida agar ular Efaol — energiyasiga ega bo'lsa, to'siqdan “tez o'tishiga”, ya’ni reaksiya qisqa vaqtda sodir bo'lib, ko'p mahsulot hosil bo'lishiga sabab bo'ladi, shu sababli reaksiya tezligi temperatura ortishi bilan keskin o'zgaradi. Faollanish energiyasining to'g'ri reaksiya uchun ham (Eto'g'ri ) teskari reaksiya uchun (Etesk) ham o'ziga xos qiymati bor. Ko'pchilik hollarda Eto'g'ri < Etesk bo'ladi. Bu energiyalar
o'rtasidagi farq Etes—Eto'g'=∆H kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektiga teng bo'ladi.
Reaksiyalar tezligi Efaol qiymatiga bevosita bog'liq. Agar reaksiyaning Efaol <40 kJ/mol bo'lsa, bu reaksiya juda tez boruvchi reaksiya bo'ladi. Bularga ionlar o'rtasidagi reaksiyalar, yonish, portlash reaksiyalari misol bo'ladi. Ba'zi hollarda bu reaksiyalarning tezligini o'lchab ham bo'lmaydi. Agar reaksiya uchun 40 kJ/mol < Efaol < 120 kJ/mol boʻlsa, bular o'rtacha tezlikda boruvchi reaksiyalar bo'lib, ularning tezligini laboratoriya sharoitida o'rganish mumkin.
Masalan: Na2S2O3 + H₂SO₄ = Na₂SO₄ + SO2 + H₂O + S reaksiya 4 borishini ko'z bilan kuzatish, mumkin.
Agar Efaol 120 kJ/mol bo'lsa, bu reaksiyalar juda qiyin va uzoq davom etadigan reaksiyalardir, bu reaksiyalarni amalga oshirish qiyin yoki ularning tezligini oshirish uchun katta energiya sarflash kerak. Odatda, hozirgi zamon texnologiyasi uchun bunday juda sekin boruvchi reaksiyalar yaroqsizdir.
