| React Native | |
|---|---|
| | |
| | |
| Turi | freymvork — mobil ilovalar ishlab chiqish vositasi |
| Ishlab chiquvchilar | Meta va dasturchilar hamjamiyati |
| Dasturlash tillari | JavaScript, Java, C++, Objective-C |
| Operatsion tizim | turli platformalarda ishlaydi |
| Chiqarilgan sana | 26 2015-yil mart |
| Apparat platformalari | Android, Android TV, iOS, macOS, tvOS, Web va Windows |
| Eng so‘nggi versiyasi | |
| Kod repozitoriysi | github.com/react/react-n… |
| Litsenziyasi | MIT litsenziyasi |
| Rasmiy sayti | reactnative.dev |
React Native — krossplatformali freymvork, ochiq manba kodli bo‘lib, nativ mobil va ish stoli ilovalarini JavaScript hamda TypeScript yordamida ishlab chiqishga mo‘ljallangan. Freymvork muallifi — Facebook, Inc. (hozirgi Meta).
React Native quyidagi platformalarni qo‘llab-quvvatlaydi: Android, Android TV, iOS, macOS, tvOS, Web, Windows va UWP. Bu dasturchilarga React kutubxonasi imkoniyatlaridan brauzerdan tashqarida ham foydalanib, platformalarning tizim APIlariga to‘liq kirish huquqiga ega nativ ilovalar yaratish imkonini beradi.
Ishlash mexanizmi
React Native’ning asosiy ishlash tamoyillari React’ning ishlash tamoyillari bilan deyarli bir xil. Farqi shundaki, React Native brauzerning DOM tizimini emas, balki platformaga xos interfeys komponentlarini boshqaradi. Dasturchi yozgan JavaScript kodi fon oqimida ishlaydi va platforma API’lari bilan Bridge deb ataluvchi asinxron ma’lumot almashish tizimi orqali bog‘lanadi. 2021-yilda Bridge o‘rniga unumdorligi yuqori bo‘lgan sinxron ma’lumot almashish modeli joriy etilishi kutilgan. Ushbu model zero-copy (nusxalamasdan uzatish) tamoyilini ham qo‘llab-quvvatlashi kerak edi.
React Native uslublar tizimi (interfeys elementlarining vizual xususiyatlarini sozlash usuli) sintaksis jihatidan CSSga o‘xshasa-da, freymvork HTML yoki CSS texnologiyalarining o‘zidan foydalanmaydi. Buning o‘rniga qo‘llab-quvvatlanadigan har bir operatsion tizim uchun maxsus dasturiy adapterlar ishlab chiqilgan. Ular dasturchi belgilagan uslubni tegishli platformaning interfeys elementiga qo‘llaydi.
React Native dasturchilarga boshqa dasturlash tillarida yozilgan mavjud koddan ham foydalanish imkonini beradi. Masalan, Java yoki Kotlin orqali Android uchun, shuningdek, Objective-C yoki Swift orqali iOS.
React Native’ni mavjud ilovalarga ham integratsiya qilish mumkin. Masalan, mobil ilova interfeysining bir qismi React Native yordamida, boshqa qismi esa bevosita platformaning o‘z vositalari orqali yaratilishi mumkin.
Amalga oshirish namunasi
React Native’da «Hello, World» dasturiga misol:
import { AppRegistry, Text, View, Button } from 'react-native';
import React from 'react';
const HelloWorldApp = () => {
const [count, setCount] = React.useState(0);
const incrementCount = () => {
setCount((prevCount) => prevCount + 1);
};
return (
<View>
<Text>Hello world!</Text>
<Text>{count}</Text>
<Button onPress={incrementCount} title="Increase Count" />
</View>
);
};
export default HelloWorldApp;
AppRegistry.registerComponent('HelloWorld', () => HelloWorldApp);